Kontent qismiga oʻtish

Arabiston choʻli

Koordinatalari: 18°16′2″N 42°22′5″E / 18.26722°N 42.36806°E / 18.26722; 42.36806
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arabiston choʻli
inglizcha: Arabian Desert, arabcha: ٱلصَّحْرَاء ٱلْعَرَبِيَّة
18°16′2″N 42°22′5″E / 18.26722°N 42.36806°E / 18.26722; 42.36806
MamlakatlarSaudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
Iordaniya Iordaniya
Iroq Iroq
Kuvayt Kuvayt
Qatar Qatar
BAA BAA
Ummon Ummon
Yaman Yaman
JoylashuviOsiyo
Uzunlik2 100 km
Kenglik1 100 km
Maydoni2 300 000 km²
Arabiston choʻli (Saudiya Arabistoni)
Arabiston choʻli

Arabiston choʻli – Afrikadagi choʻl. Sahroi Kabirning shimoli-sharqiy qismi. Nil daryosi bilan Qizil dengiz oraligʻida. 22° shimoliy kenglikkacha choʻzilib borib, Nubiya choʻliga qoʻshilib ketadi. Yer yuzasi yassitogʻlik. Mutlaq balandligi gʻarbda 50 – 200 m, sharqda 2184 m ga yetadi. Kristall jinslardan tashkil topgan, ustini ohaktosh va Nubiya qizil qumtoshlari qoplagan. Iqlimi issiq. Yogʻin bir necha yillar davomida yogʻmasligi mumkin. Quruq oʻzan, vodiy koʻp. Yer osti suvlariga boy. Oʻsimlik turi kam (asosan akatsiya, yulgʻun, xurmo va boshqa oʻsadi). Aholisining koʻpchiligi chorvachilik bilan shugʻullanadi. Neft, qalay, fosforit konlari bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil