Araxnodaktiliya
Araxnodaktiliya | |
---|---|
KXK-10 | Q87.4 (ILDS Q87.410) |
KXK-9 | 759.82 |
Araxnodaktiliya (lotincha: arachnodactylia ; qadimgi yunoncha: ἀράχνη — oʻrgimchak + grekcha: δάκτυλος barmogʻi) "oʻrgimchak barmoqlari" deb ham ataladi — patologik holat hisoblanib biriktiruvchi toʻqimaning patologiyalari bilan bogʻliq, bunda barmoqlar kaft bilan solishtirganda noodatiy tarzda uzun boʻladi. Ushbu kasallik tugʻma yoki hayot davomida orttirilgan boʻlishi mumkin. Shuni taʼkidlash kerakki, araxnodaktiliyaning baʼzi holatlarida qoʻlning barcha yoki bir nechta barmoqlarida kuzatiladi va araxnodoktiliyaga uchragan barmoq juda moslashuvchan boʻlib hatto 180 °C ga burilish qobiliyatiga ham ega boʻladi[1].
Sabablari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Araxnodaktiliyaning paydo boʻlishi oqsillarni ishlab chiqarish uchun javobgar boʻlgan fermentlar hosil boʻlishining buzilishi bilan bogʻliq.Bu holat oʻz-oʻzidan, toʻsatdan, sogʻliq bilan bogʻliq muammolarsiz paydo boʻlishi mumkin.Asoratli kechgan homiladorlikdan keyin ham ushbu patologiya rivojlanish ehtimoli bor. Biroq, koʻpincha Marfan sindromi (bu kasallik miyopiyani (10-15 yoshdan keyin) namoyon qiladi) tufayli yuzaga keladi. Bemorlar koʻpincha ozgʻib va baland boʻyli boʻlishadi.
Araxnodaktiliyada odatda 15-xromosomada joylashgan FBN 1 geni mutatsiyaga uchraydi bundan tashqari 1 va 2 turdagi fibrillin va glikoprotein genlaridagi mutatsiyalar tufayli ham yuzaga keladi.
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odatda kollagenlarni normallashtiruvchi terapiya oʻtkaziladi. Biriktiruvchi toʻqimalarning metabolizmi normal holga keltiriladi. Araxnodaktiliyani jarrohlik yoʻli bilan davolash usullari medikamentoz davolash bilan birga olib boriladi. Medikamentoz davo sifatida antioksidantlar va troplardan: tokoferol, koenzim, limontir, piratsetam, riboksin va B vitaminlar majmuasi qoʻllanadi[2].
Tayanch-harakat tizimini yaxshilash va normal holatda ushlab turish uchun maxsus jismoniy mashqlar buyuriladi.