Arg'uvon,arg'avon
Argʻuvon soʻzi fors-tojik tilidan eski oʻzbek tiliga oʻtib oʻzlashgan. Oʻrxun-Yenisey yozma manbalarida,Mahmud Qoshgʻariy lugʻatida,XIV asr Xorazm yozma manbalarida bu soʻz qayd etilmagan. Alisher Navoiy asarlarida:
Argʻuvonu sarv istarmen chamanda, to meni Argʻuvoniy toʻn bila ul sarv qildi notavon. (Garoyib us-Sigar, 465)
Tojik tilida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eski tojik tilida argʻavon-argʻuvon ارغوان hozirgi tojik tilida argʻavan ارغوان , hozirgi oʻzbek tilida argʻuvon shaklida keladi.
Morfemik tahlili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taxminimizcha, bu soʻz ikki komponentdan tashkil topgan boʻlib, birinchi ar- va ikkinchi -gʻuvon dir. Birinchi komponent -ar fors-tojik tilidagi al — qizil soʻzining fonetik oʻzgargani boʻlib, ikkinchisi arab tilidagi غانية (mn) yoki غوان (chiroyli) dir.
Etimoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Soʻzning etimoni haqida maʼlumotlar yoʻq. Soʻzning dastlabki strukturasi algʻavon-algʻuvon va keyinchalik argʻuvon shaklini olgan boʻlsa kerakki, bu daraxtning guli rangi goʻzallarning labiga qiyoslanadi.
Qoʻllanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoqimli rang argʻuvoniy — qizil badiiy adabiyotda, poeziyalarda koʻp qoʻllanadi. Bu soʻz koʻpchilik turkiy tillarda koʻp qoʻllanmaydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Vafoyev, Bahrom. O'simliklar nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 47-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.