Kontent qismiga oʻtish

Ariya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ariya (ital. aria) – opera, oratoriya yoki kantatapat tugallangan lavha. Odatda orkestr joʻrligida xonanda tomonidan ijro etiladi. Opera dramaturgiyasida dramadagi monologga teng keladi. Qoʻshiq va romansga nisbatan birmuncha murakkab, koʻp qismdan tuzilgan. Badiiy vazifasi – opera qahramonining ruhiy kechinmalari va intilishini ochib berish. Shu bois keng ohangdorligi bilan ajralib turadi. Koʻpincha, orkestr muqaddimasi bilan boshlanadi, baʼzan undan oldin rechitativ keladi. Ariyetta, ariozo, kavatina, kabaletta va boshqa ariya turiga mansub. Baʼzan tabiatan kuychan cholgʻu asarlar ham ariya deb ataladi (I. S. Bax ariyalari). Oʻzbekiston kompozitorlari turli ariyalarni, asosan opera, musiqali drama va komediya hamda oratoriya janrlarida (ayrim oʻrinlarda cholgʻu ariyalarni) qoʻllashadi. Ilk oʻzbek musiqali dramalari („Layli va Majnun“, „Farhod va Shirin“) va ular zaminida yaratilgan shu nomdagi operalarga maqom (baʼzan ashula va katta ashula)larga asoslangan ariyalar kiritilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil