Arizona iqtisodiyoti
2020-yilda Arizona iqtisodiyotining umumiy yalpi shtat mahsuloti 373 milliard dollarni tashkil etdi[1]. Sogʻliqni saqlash, transport va davlat boshqaruvi eng yirik tarmoqlar boʻlsa-da, shatat iqtisodiyotining tuzilishi yetarli darajada xilma-xil. Shtatning aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadi 40,828 dollarni tashkil etadi, Arizona bu koʻrsatkich bilan AQShda 39-oʻrinni egallaydi. Shtatning uy xoʻjaliklarining oʻrtacha daromadi 50,448 dollarni tashkil etib, mamlakatda 22-oʻrinni egalladi va AQSh milliy oʻrtacha daromadidan biroz pastroq natijani koʻrsatdi[2]. Oʻz tarixida Arizona iqtisodiyoti „beshta C“ga tayangan: mis (inglizcha: copper), paxta (inglizcha: cotton), qoramol (inglizcha: cattle), sitrus (inglizcha: citrus) va iqlim (inglizcha: climate). Mis hanuzgacha koʻplab yer usti va yer osti konlaridan keng miqyosda qazib olinadi. Mis shtat ishlab chiqarishining uchdan ikki qismini tashkil qiladi.
Bandlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umumiy bandlik 2016-yil
- 2,379,409 nafar
Ish beruvchilarning umumiy soni 2016-yil
- 139,134 nafar[3].
Shtat hukumati Arizonaning eng yirik ish beruvchisi boʻlib, Banner Health esa 39000 dan ortiq ishchilari boʻlgan shtatdagi eng yirik xususiy ish beruvchidir (2016). 2016-yil mart holatiga koʻra, shtatda ishsizlik darajasi 5,4% ni tashkil etdi[4]. Arizonadagi bandlik koʻrsatkichi eng yuqori boʻlgan sohalar (2014-yil avgust, qishloq xoʻjaligidan tashqari):
Sohalar | Ishchilar (ming birlikda) |
---|---|
Savdo, transport va kommunal xizmatlar | 488.6 |
Hukumat boshqaruvi | 408.5 |
Taʼlim va sogʻliqni saqlash | 392.1 |
Jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish | 384.2 |
Dam olish va mehmonxona xizmati | 286.4 |
Moliyaviy faoliyat | 193.2 |
Ishlab chiqarish | 156.0 |
Qurulish | 118.2 |
Boshqa xizmatlar | 88.2 |
Axborot xizmati | 41.8 |
Kon sanoati va oʻrmon xoʻjaligi | 13.7 |
Yirik ish beruvchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]The Arizona Republic maʼlumotlariga asosan, 2016-yil holatiga koʻra shtatdagi eng yirik xususiy ish beruvchilar[5]:
Soliqqa tortish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arizonada daromad soligʻini besh xil koʻrinishda yigʻadi: 2,59%, 2,88%, 3,36%, 4,24% va 4,54%[6]. Shtat savdo imtiyozlari soligʻi stavkasi 5.6% tashkil etadi. Koʻp holatlarda davlat va shahar savdo soliqlarida 2% qoʻshimcha foiz qoʻshadi.
Vaqtinchalik turar joy uchun shtat soliq stavkasini (mehmonxona/motel) 7,27% deb belgilagan. Arizona shtati mijozlarga uydan foydalanishda oziq-ovqat yoki litsenziyalangan shifokor yoki stomatolog tomonidan tayinlangan dori-darmonlar uchun soliq solinmaydi. Biroq, Arizonadagi baʼzi shaharlarda mijozlardan uydan foydalanishda oziq-ovqat uchun soliq solinadi.
Arizonaning barcha oʻn besh okrugida soliq undiriladi. Baʼzi bir hududlarda esa savdo imtiyozi soligʻi odatda 1% dan 3% gacha boʻladi (mehmonxona/motel soligʻi bundan mustasno). Ushbu qoʻshimcha hisob-kitoblar umumiy savdo solig'i stavkasini 10,7% gacha oshirishi mumkin.
Yagona | Soliq stavkasi | Umumiy | Soliq stavkasi |
---|---|---|---|
0 – $10,000 | 2.59% | 0 – $20,000 | 2.59% |
$10,000 – $25,000 | 2.88% | $20,001 – $50,000 | 2.88% |
$25,000 – $50,000 | 3.36% | $50,001 – $100,000 | 3.36% |
$50,000 – $150,001 | 4.24% | $100,000 – $300,001 | 4.24% |
$150,001 + | 4.54% | $300,001 + | 4.54% |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Gross Domestic Product: All Industry Total in Arizona“ (1997-yil yanvar).
- ↑ „News Release“. 2012-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-dekabr.
- ↑ „U.S. Census Bureau QuickFacts: Arizona“. 2019-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-noyabr.
- ↑ „Arizona Economy at a Glance“. Bls.gov. 2016-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-sentyabr.
- ↑ „Arizona Republic 100: Stateʼs biggest employers“. The Arizona Republic.
- ↑ „Arizona Income Tax Rates for 2017“. www.tax-rates.org. 2017-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-fevral.