Kontent qismiga oʻtish

Arseniy Morozov uyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arseniy Morozov uyi
Особняк Арсения Морозова
Umumiy maʼlumot
Meʼmoriy uslubi Neo-Manueline uslubidagi eklektik bino
Manzili Vozdvijenka ko‘chasi 16-uy
Shahar Moskva
Mamlakat Rossiya
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Viktor Mazyrin
Arseniy Morozov uyi
Facade, 2006

Arseniy Morozov uyi – Moskvadagi Vozdvijenka koʻchasi 16-uyda joylashgan tarixiy binodir. Bino Viktor Mazyrin tomonidan doʻsti Arseniy Morozov uchun loyihalashtirilgan. Ular Portugaliya boʻylab sayohat qilib, Sintradagi Pena saroyi ularni hayratga solgan edi. Neo-Manueline uslubidagi eklektik bino boʻlgan Morozov uyi, Morozovning onasi Varvara tomonidan hadya etilgan yerda qurilgan[1]. Mazyrin uyni 1895 va 1899-yillar orasida qurgan[2].

Shahar afsonasiga koʻra, Varvara Morozova qurib bitkazilgan hashamatli saroyni koʻrgach: „Ilgari faqat men sening ahmoqligingni bilardim, endi butun Moskva biladi!“ deya xitob qilgan ekan[3].

Fevral inqilobidan keyin qisqa muddat davomida bu bino Moskva anarxist guruhlari federatsiyasi tomonidan egallab olingan qimmatbaho qarorgohlardan biriga aylantiriladi. 1918-1928-yillar davomida bino Proletkult teatr guruhi tomonidan foydalanilgan va unda mashhur rus teatr va kino rejissyorlari Sergey Eyzenshteyn hamda Vsevolod Emilyevich Meyerxoldning tajribaviy sahna asarlari namoyish etildi.[4]

Binoda yashagan kishilar orasida sanʼatshunos Aleksey Gan ham bor edi. Bino Ivan Morozovning sopol buyumlar, kumush idish-tovoqlar, ikonalar va oʻyma portretlardan iborat kolleksiyasiga ega edi[5].

1920-yillarning oxirida uy Sovet Ittifoqining Tashqi ishlar vazirligi tomonidan foydalanilgan. Morozov uyi 1940-yilgacha Yaponiya elchisining qarorgohi sifatida xizmat qilgan, 1941-1945-yillarda Britaniyaning „Britanskiy Soyuznik“ (Britaniya ittifoqchisi) gazetasining bosh qarorgohi edi lekin 1952-1954-yillarda Hindiston elchixonasi sifatida foydalanilgan[6].

Hozirgi holati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yilda arxitektor Ivan Andrianovich Shaposhnikovning nabirasi shaxsiy iltimosi bilan haykaltarosh Igor Zamedyanskiy V.A. Mazirin sharafiga xotira taxtasini yaratdi.

  1. „Morozov's House“ (en). izi.TRAVEL. Informap Technology Center LLC. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  2. „Arseniy Morozov Mansion“. Ruslanguage School. Ruslanguage School Moscow (2016-yil 16-fevral). Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  3. Manaev, G. „Moscow's 9 most unusual houses“. Russia Beyond the Headlines (2014-yil 14-may). Qaraldi: 2019-yil 30-noyabr.
  4. „Дом Арсения Морозова“. liveinmsk.ru. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  5. Romberg. „Aleksei Gan's Constructivism, 1917-1928“. Monoskop. Qaraldi: 2019-yil 8-yanvar.
  6. „Особняк Арсения Морозова“. Qaraldi: 2023-yil 28-may.