Arslon (ZTV)
Arslon | |
---|---|
Sinflanishi | ZTV |
Ogʻirligi, t |
32 t (32,000.0 kg) 35 t (35,000.0 kg) |
Ekipaj, kishi. | 3 kishi |
Desant, kishi. | 8 kishi |
Loyihachi | Mudofaa sanoati agentligi |
Ish.chiq. yili | 2024-yil |
Asosiy operator | Oʻzbekiston |
Toʻp oʻq-dorisi | 30 mm |
Pulemyotlar o'q-dorisi | 7,62 |
G'ildirak formulasi | 8x8 |
Arslon (ZTV) Vikiomborda |
Arslon – oʻzbek zirxli transport vositasi (ZTV)[1][2]. I gʻildirakli ZTV Mudofaa sanoati agentligi tomonidan ishlab chiqilgan[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sakkiz gʻildirakli[1] zirhli transport vositasi NATO standartlari boʻyicha ishlab chiqilgan. ZTV ilgʻor konstruksiyaga ega va har qanday iqlim sharoitiga moslashgan. Jangovar mashina shaxsiy tarkibni tashish va yuqori xavfli hududlarda maxsus vazifalarni bajarishda qoʻllanadi. Zirxli mashina boshqaruv tizimlari toʻliq kompyuterlashgan va avtomatlashtirilgan jangovar modulga ega[3].
Yangi ZTV NATO standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Bu eng yuqori va eng qat'iy talablardir.
— Akmal Karimov — Harbiy texnika ishlab chiqaruvchi korxona asoschisi
Jangovar avtomobilning afzalliklari qatorida yuqori darajadagi himoyadan tashqari, har qanday sharoitda ham harakatlana olishi, kechayu kunduz nishonlarga yuqori aniqlik bilan zarba berishdir. Zirhli transport vositasi xorijning zamonaviy analoglari bilan raqobatlasha oladi[3].
— Anvar Musabekov[4] — Mudofaa sanoati agentligi yetakchi mutaxassisi
Texnik koʻrsatkichlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zirhli transport vositasining himoya darajasi old qismida oltinchi sinfga, yon va orqa qismlari esa toʻrtinchi sinfga toʻgʻri keladi. Zirhli transport vositasining ogʻirligi jihozlanishiga qarab 32 dan 35 tonnagacha, minadan himoya qilish darajasi 4a/4b ga. TNT ekvivalentida esa 10 kgga teng[5][3].
Transportyor ekipaji 3 kishidan iborat hamda 8 kishigacha boʻlgan shaxsiy tarkibni tashishga qodir[3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Mudofaa Vazirligi rasmiy kanal(oʻzb.)
- ↑ Mudofaa Vazirligi rasmiy kanal(oʻzb.)
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Новые бронетранспортеры “Арслон”, разработанные в Узбекистане, созданы по стандартам НАТО“ (ru) (2024-yil 16-iyul). Qaraldi: 2024-yil 16-iyul.
- ↑ OʻzMTRK(oʻzb.)
- ↑ „Армия Узбекистана получит первый отечественный БТР «Арслон»“. kun.uz. Qaraldi: 3-dekabr.