Kontent qismiga oʻtish

Tarlon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tarlon zirhli mashinasi
Turi Zirhli mashina
Davlat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Xizmat tarixi
Ishlatilgan yillari 2021–yildan hozirgacha
Qurolli kuchlarida Oʻzbekiston
Ishlab chiqarilish tarixi
Islab chiqaruvchi Mudofaa sanoati
Krantas Group
Toshkent viloyati, Nurafshon
Islab chiqarilgan yillari 2021–yildan hozirgacha
Tavsifi
Ogʻirligi 7400
Yuritkich turi va modeli Cummins ISL 285
Tezligi, km/s 110 km/h (68.3 m/h)
Yuritkich quvvati, ot kuchi 285 ot kuchi
yoʻl zaxirasi, km 750 km (466.0 mi)
Podveska 4x4 ABS bilan
Ekipaj (hisob), odam 2 (+6 ta yoʻlovchi)

Tarlon – Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 4×4 gʻildirak bilan jihozlangan koʻp maqsadli yuqori oʻtuvchan zirhli avtomobil. U 2021-yildan Qurolli kuchlar safiga qabul qilingan. Zirhli mashina kolonnalarni qoʻriqlash va kuzatib borish, tez yordam transporti, muhandislik, radiatsiya, kimyoviy va biologik tekshirish va yongʻinga qarshi vositalar uchun moʻljallangan. Mashina 12.7 yoki 7.62 mm.li pulemyot bilan qurollanishi mumkin. Oʻzbekiston mudofaa sanoati mashina uchun Utes pulemyoti asosida masofadan boshqariluvchi jangavor modul ishlab chiqaradi.