Asadjon Xodjayev
Asadjon Azatbekovich Xodjayev | |
---|---|
Асаджон Азатбекович Ходжаев | |
Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori | |
Mansab davri 2020-yil 29-iyuldan | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Komil Allamjonov |
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati rahbari | |
Mansab davri 2017-yil martdan – 2017-yil avgustgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Vorisi | Komil Allamjonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
3-sentyabr 1970-yil Chimkent, Qozogʻiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Maʼlumoti | Toshkent elektrotexnika aloqa instituti |
Asadjon Xodjayev — Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori, Oʻzbekiston kikboksing assotsiatsiyasi vitse prezidenti[1]
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asadjon Azatbekovich Xodjayev 1970-yil 3-sentyabrda Qozog‘iston Respublikasi Chimkent viloyatida tug‘ilgan.[2] 1993-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutining elektraloqa muhandisligi yoʻnalishini tugallagan Asadjon Xoʻdjayev 2001-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi — elektraloqa muhandisi, iqtisod magistri.[2]
Karyera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asadjon Xodjayev 1995-yilda oʻz faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida boshlaydi. Shuningdek, 2001-yilgacha O‘zbekiston pochta va telekommunikasiyalar agentligi markaziy apparatida ham faoliyat koʻrsatgan.
2001-yildan boshlab bir qancha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida ishlay boshlaydi.
Yillar: | Mansab |
---|---|
2001-2003-yillarda | "O‘zbekiston pochtasi" Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, „O‘zinfokom“ Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari |
2003-2004-yillarda | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatining yetakchi konsultanti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish loyihasi rahbari oʻrinbosari |
2004-2011-yillarda | Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining oʻrinbosari |
2011-2012-yillarda | Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktori |
2012-2017-yillarda | Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori |
2017-yil martidan avgustiga | Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi[3] |
2017-yilda | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparati mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi oʻrinbosari[4] |
2017-yilning dekabridan | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy memorial majmuasi rahbarining birinchi o‘rinbosari |
2018-yil avgustidan | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga ko‘maklashish markazi direktori |
2019-yil noyabridan | O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i [3] |
2020-yil 29-iyuldan | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori[5] |
2021-yil 16-avgustdan | Oʻzbekiston kikboksing assotsiatsiyasining konferensiyasida assotsiatsiya vitse prezidenti [6] |
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asadjon Xoʻjayev oilali, 4 nafar farzandning otasi.
Manbalar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O'zbekiston kikboks assatsiatsiyasi rahbariyati“. 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 „Asadjon Xodjaev AOKAga direktor etib tayinlandi“.
- ↑ 3,0 3,1 „Prezident sobiq matbuot kotibi yangi lavozimga tayinlandi“.
- ↑ „AOKA yangi direktori“.
- ↑ „Асаджон Хўжаев АОКА директори этиб тайинланди“. 2022-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
- ↑ „AOKA direktori Asadjon Xodjayev Oʻzbekiston kikboksing assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi“.