Kontent qismiga oʻtish

Askaridoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Askaridoz – toʻgarak chuvalchanglar (askaridalar) keltirib chiqaradigan gijja kasalligi. Askaridalar ancha yirik boʻlib, odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Bolalarda koʻproq uchraydi. Bemor askaridoz tarqatuvchi manba hisoblanadi. Kasallik askarida tuxumlari bilan ifloslangan sabzavotlar, qaynatilmagan suv, kir qoʻl orqali yuqadi. Kasallikning ilk davri koʻpincha umumiy alomatlar bilan kechadi: darmonsizlik, yoʻtal, harorat koʻtarilishi, eshakyemi toshishi mumkin. Keyinchalik bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, meʼda-ichak faoliyatining buzilishi (koʻngil aynishi, qusish, koʻp soʻlak oqishi), oʻta toliquvchanlik, kechasi qoʻrqish alomatlari namoyon boʻladi; bolalar uyquda tishini gʻijirlatadi, ularda kamqonlik, asabiylashish va boshqa kuzatiladi. Askaridalarning oʻt yoki meʼda-ichak yoʻllariga kirishi natijasida yiringli xolesistit, jigar abssessi, peritonit, sepsis, oʻtkir pankreatit, appenditsit, ichak tutilishi va boshqa asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Askaridozga vrach nazorati ostida davo qilinadi. Kasallikning oldini olishda ozodalik va sarishtalikka amal qilish lozim[1].

  1. "Askaridoz" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil