Asotirlar va rivoyatlar
Muallif(lar) | Malik Murodov, Muharram Shayxova (toʻplab, nashrga tayyorlovchilar) |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | asotirlar va rivoyatlar |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1990 |
Sahifalar soni | 128 |
ISBN | ISBN 5-633-00443-4 (1-kitob) |
„Asotirlar va rivoyatlar“ — oʻzbek xalq asotirlari va rivoyatlari toʻplami. Toʻplamni professor Malik Murodov hamda Muharram Shayxova tuzgan va nashrga tayyorlagan. Kitob 1990-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1]
„Asotirlar va rivoyatlar“ oʻzbekcha asotirlar bilan rivoyatlarni oʻziga jamlagan ilk alohida asardir. Kitobga kiritilgan asotirlar va rivoyatlar M. Rizayev, Tojixon opa, U. Hasanov, M. Ziyodulla oʻgʻli, B. Xudoybergan qizi, M. Olloberganov, Qodir baxshi, Eshmurod baxshi, X. Umarov, Ahamadali ota, N. Qurbonnazarov, S. Qoraboyev, A. Saparov, I. Qodirov, A. Ahmedov, Q. Ahmad oʻgʻli, Bozorboy, N. Saidmurod Panoh oʻgʻli, T. Boboxonov, Yusuf baxshi, N. Abdullayev, A. Rahimov, Y. Zokirova, A. Haqqul oʻgʻli, B. Ziyodov, T. Boboxonov, A. Karimovlar tomonidan aytilib, Malik Murodov tomonidan yozib olingan. Ayrim asotir va rivoyatlar K. Imomov, Maqsud Shayxzoda. S. Tolstovning kitoblari va „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“dan, ayrimlari esa B. Murodov va S. Umarov toʻplagan materiallardan olingan.
Asarni nashrga tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Shavkat Turob – muharrir, Z. Azamatov – rassom, R. Zufarov – rasmlar muharriri, J. Nadirova – texnik muharrir, S. Saydolimov – musahhih. Kitob adadi – 105 000 nusxa.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Oʻzbek afsona va rivoyatlari“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.