Kontent qismiga oʻtish

Asporcha xotun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Asporcha xotun
Tavalludi
Xolifira (Glafira)

nomaʼlum
Vafoti nomaʼlum
Usmonli turklar imperiyasi
Fuqaroligi Usmonli turklar imperiyasi
Kasbi zodagon
Turmush oʻrtogʻi Oʻrxon I
Bolalari Ibrohim, Sharifulla, Fotima, Selchuk
Otasi nomaʼlum

Asporcha xotun (turkcha: Asporça Hatun) – Usmonli beyligi hukmdori Oʻrxon Ining rafiqasi, ikki oʻgʻli va ikki qizi boʻlgan. Asporcha xotun vasiyatnomasi usmonli turklar hujjatlari orasida eng qadimiysidir. Asporchaning toʻngʻich oʻgʻli Ibrohimni Murod I taxtga oʻtirganidan keyin qatl qilgan.

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asporchaning kelib chiqishi haqida umumiy fikr yoʻq. Shunisi maʼlumki, Asporcha yunon boʻlib, turmush qurishdan oldingi ismi Xolifira (Glafira) boʻlgan[1][2]. Aksariyat olimlar uni Vizantiya imperatori Andronikos III[3][4][5][6][7][8]ning qizi deb hisoblashadi, ammo Andronikos III 1296-yilda, Asporchaning oʻgʻli esa 1310-yilda tugʻilgan. Bu esa Asporchaning oʻgʻli tugʻilganida imperator atigi 15 yoshda boʻlganligini koʻrsatadi[9]. Tarixchi Ismoil Hakki Uzuncharshili uni Andronikos IIIning qizi deb mujmalroq maʼlumot bergan[10], Alderson va Pirs esa Asporchaning imperator oilasidan kelib chiqqanini qayd qilishmagan[9][11].

Tarixchi Lesli Pirs koʻra, uning oldingi nomi Asporchaning kelib chiqishi yunon ekanligini bildiradi, lekin tarixchi uning Vizantiya imperatorining qizi ekanligiga shubha qiladi. Asosiy sabablardan biri shundaki, usmonli turklar hukmdorlarining aslzoda nasroniy oilalaridan boʻlgan xotinlari (masalan, Oʻrxonning xotini, imperator Ioann VI Kantakuzenning qizi Feodora[9]) oʻz eʼtiqodlarini oʻzgartirishmagan[11][12]. Bundan tashqari, Asporcha musulmon boʻlgan[2][13][4].

Pirsning fikricha, keyingi davrlardagi manbalarda kelin oʻgʻirlash va Oʻrxonning Nilufar xotunga uylanishi haqidagi maʼlumot katta ehtimol bilan Asporchaga tegishli[11]. Afsonaga koʻra, qizning otasi Yarhisar qal’asining egasi boʻlgan boʻlib, qizini Bilejik hukmdoriga turmushga bermoqchi boʻlgan. Ularning kuchlari birlashishidan qoʻrqib, Usmon toʻy chogʻida ularga qarshi yurish qilib, ikkala qal’ani ham egallagan. Qiz asirga olinib, Oʻrxonga nikohlab berilgan[11].

Koʻpchilik tadqiqotchilar toʻy sanasini taxminan 1320-yil deb koʻrsatadilar[5], bu Asporchaning toʻngʻich oʻgʻlining tugʻilgan sanasi (1310)[9] bilan zid keladi. Lesli Pirsning fikricha, nikoh avvalroq, XIII asrning soʻnggi oʻn yilliklarida boʻlgan[11]. Bizgacha 1323-yil sentyabrda tuzilgan Asporcha vaqf hujjati yetib kelgan boʻlib, hujjatga koʻra, u qaynotasi Usmon I tomonidan berilgan qishloqlarni oʻz jamgʻarmasiga oʻtkazgan, undan olingan daromadlar esa avlodlariga berilgan. Bunga guvoh esa vazir Alovuddin posho boʻlib, uni anʼanaviy tarixshunoslikda Usmonning oʻgʻli[14] deb hisoblashgan, jamgʻarma boshqaruvchisi Asporchaning oʻgʻli Ibrohim boʻlgan. Ibrohim oʻzining oʻgay ukasi Murod I taxtga oʻtirgandan soʻng qatl etilgan[9]. Barcha tarixchilar Asporcha qizi Fotimani[1][9][11] ham tilga oladilar. Shuningdek, baʼzi manbalar boshqa qizi borligi haqida ham maʼlumotlar beradilar[9], Pirs bu qizinining ismini Selchuk xotun deb ataydi[11]. Tarixchi Xalil Inaljik vaqf hujjatida Asporchaning yana bir oʻgʻli, kichigi Sharifullaning ismi ham berilganiga ishora qilgan[15].

Asporchaning vafot etgan sanasi nomaʼlum[3][9]. U Bursada erining yoniga dafn etilgan deyiladi[16][17][18], ammo yongʻinlar va zilzilalar natijasida yuzaga kelgan vayronagarchilikdan soʻng, koʻpchilik oila aʼzolarining dafn etilgan joyini aniqlash qiyin boʻlgan. XIX asrda qayta qurish ishlari olib borildi. Hozirda Asporchaning taxminiy qabri Usmon maqbarasida joylashgan[19].

Asporchaning vaqf hujjati usmonli turklar tarixshunosligida maʼlum boʻlgan eng qadimgi hujjatdir. Bu hujjat Oʻrxonning 1324-yildagi vaqf hujjati bilan birgalikda Usmonning vafoti sanasini aniqlash va shu yillardagi oilasining tarkibini aniqlash imkonini beradi[2][11][4][15]. XVII asrning oxirida Soliha ismli ayol Bursa sudiga murojaat qilib, Asporchaning[20] avlodi sifatida ushbu hujjat boʻyicha merosdan oʻz ulushini talab qilgan.

  1. 1,0 1,1 Ulucay 1980, s. 4.
  2. 2,0 2,1 2,2 Sakaoğlu 2008, s. 43.
  3. 3,0 3,1 Sakaoğlu 2008, s. 42.
  4. 4,0 4,1 4,2 Ulucay 1980, s. 4—5.
  5. 5,0 5,1 Ümit, Sina 1995, s. 39.
  6. Tektaş 2004, s. 18.
  7. Emecen 2007.
  8. Atalar 1981, s. 49.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 9,6 9,7 Alderson 1956, table XXII.
  10. Uzunçarşılı, 1 Cild 1988, s. 145.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 11,6 11,7 Peirce 1993, s. 34.
  12. Ulucay 1980, s. 5.
  13. Peirce 1993, s. 35.
  14. Uzunçarşılı, 1 Cild 1988, s. 512.
  15. 15,0 15,1 İnalcık 2007, s. 451.
  16. Peirce 1993, s. 51.
  17. Финкель 2012, s. 39—40.
  18. Önkal 1992, s. 297.
  19. Peirce 1993, s. 300.
  20. Peirce 1993, s. 295—296.