Kontent qismiga oʻtish

Bursa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bursa, Brusa — Turkiyaning shim.gʻarbidagi shahar. Bursa elining maʼmuriy markazi. Aholisi 835 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Muhim savdo-sanoat markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya, sement, yogʻochsozlik sanoati rivojlangan. Ipakchilik, ip gazlama, tamaki, yogʻmoy, koʻn poyabzal, avtomobil korxonalari bor. B. miloddan avvalgi 2-asrdan maʼlum. 132665 yillarda Usmonli turklar saltanatining poytaxti boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Ulugʻ jome (1396— 1400) masjidi, Murod II masjidi (1424—27), Yashil jome (1424) masjidi, shifoxona (1394) va boshqa saqlangan. Unt bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil