Kontent qismiga oʻtish

Shifoxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shifoxona — davolash muassasasi. Keng maʼnoda Sh. tushunchasi bemorlarni statsionar sharoitda davolash (qarang Kasalxona, Kurort, Dam olish uylari, Sanatoriy), aholiga dispanserizatsiya usuli bilan xizmat koʻrsatish (qarang Dispanser) va boshqalar davo muassasalarini anglatadi. Tor maʼnoda Sh.lar kasalliklarni davolashda, asosan, tabiiy usullardan foydalanuvchi sihatgohlardir. Ular fizioterapevtik, balneologik, iqlim bilan davolash va boshqa Sh.larga boʻlinadi.