Kontent qismiga oʻtish

Atala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atala — bugʻdoy, arpa yoki joʻxori unidan tayyorlanadigan taom. Atala parhez, shifobaxsh hisoblanadi. Kasal, holdan toygan, yangi koʻzi yorigan ayollarga Atala ichi-riladi. Uni tayyorlash uchun qoʻy yogʻini qozonda qizdirib, bugʻdoy uni solinadi va qizarguncha qovuriladi. Oz-ozdan suv solinib uzluksiz aralashti-rib turiladi. Ayrim joylarda A.ga qiyma, tuxum ham solinadi. Atala tayyorlashda 500 g un, 100 g qoʻy yogʻi, taʼbga koʻra tuz solinadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil