Kontent qismiga oʻtish

Atoll

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Atoll

Atoll (maldivcha atolu soʻzidan) – halqasimon marjon orollari. Ochiq dengizlarda uchraydi. Atoll choʻkkan vulkan orollari qirgʻogʻidagi marjon riflaridan paydo boʻlgan. Tropik kengliklarda ochiq dengizda, ayniqsa Tinch okeanning markaziy qismida, ba’zida arxipelag tarzida uchraydi. Koʻpincha Atoll halqasi ichidagi suv (chuq. 100 m dan oshmay-di) dengiz bilan tutashib, qoʻltiq hosil qiladi. Ular uncha katta boʻlmaydi, faqat ayrimlari halqasining diametri 50 km va undan oshadi. Ba’zi Atoll qoʻltigʻi kemalar toʻxtashi uchun qulay.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil