Kontent qismiga oʻtish

Belladonna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Atropa belladonnadan yoʻnaltirildi)
Belladonna
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Binar nomi
Atropa belladonna

Belladonna, Halokatli ituzum (lotincha: Atrópa belladónna) — Solanaceae oilasiga mansub koʻp yillik zaharli oʻt. Boʻyi 0.5 — 1,5 (2) m. Barglari ellipssimon, oʻtkir uchli, tekis qirrash, kalta bandli, ketmaket juft-juft boʻlib joylashgan. Har juftdagi bitta barg katta buladi. Tullari bittadan bo'lib juft-juft holda barg qoʻltigʻiga oʻrnashgan. Mevasi toʻqbinafsha rang, koʻp urugʻli hoʻl meva. Yovvoyi holda Qrim, Kavkaz, Moldova va Gʻarbiy Ukrainaning oʻrmonlarida, oʻtloklarda, suv va yoʻl yoqalarida oʻsadi. Belladonnaning hamma qismi apkachoidlarga boy. Undan atropin, giossiamin, skopoyaamin va boshqa alkaloidlar olinadi. Bargidan tayyorlangan preparatlar (nastoykalar), atropin alkaloidi ogriqni qoldiradigan, kUz gavharini kengaytiradigan va spazmga qarshi dori sifatida, meʼda, koʻz kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bargi astma kasalligida chekiladigan astmatol poroshogi tarkibiga kiradi. B.ning Kavkazda oʻsadngan yana bir turi (A. caucasica) ham shu maqsadda tibbiyotda ishlatiladi.[1][2]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Armando T. Hunziker: The Genera of Solanaceae (o'zbek tilida: Ituzumdoshlarning Turkumi). A.R.G. Gantner Verlag K.G., Ruggell, Liechtenstein 2001. ISBN 3-904144-77-4