Avatr 12

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avatr 12
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Avatr
Model yili 2023—hozirgacha
Avvalgi modeli Avatr 11
Zavod(lar) Chunsin, XXR Xitoy
Tasnifi
Sinfi Boshqaruv mashinasi
Segment E
Tezlanishi 3.9 s[1]
Yuqori tezligi 200 km/s
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 3020 mm
Uzunligi 5020 mm
Kengligi 1999 mm
Balandligi 1450 mm
Vazni 2300 kg
Eksteryer
Kuzov turi hetchbek
Oʻrindiqlar soni 5
Eshiklar soni 5
Boshqa maʼlumotlar
Dizayneri Nodir Fahihzoda
Nicolas Guille
Benoit Cauet
Aloqador avtomobillar Zeekr 001,
Nio ET7
Rising F7

Avatr 12 – Xitoyning Avatr kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi avtomobil[2]. Ilk bor 2023-yil sentyabr oyida Myunxen avtosalonida taqdim etilgan[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avatr 12ning old oynasi pastki qismiga oʻrnatilgan kichik monitor

Avatr kompaniyasi dastlab Changan va Nio tomonidan 2018-yilda tashkil etilgan. Keyinchalik, Nio moliyaviy sabablarga koʻra kompaniya tarkibidan chiqib ketadi. Uning oʻrnini ushbu qoʻshma loyihada Xitoyning yirik batareya ishlab chiqaruvchisi CATL egallaydi. Changan 40% aktsiyalarga egalik qilsa, CATL esa 17% dan ortiq aktsoyalar paketiga egalik qilardi. Qolgan aktsiyalar turli investitsiya fondlariga tegishli edi. Ushbu loyihada Huawei yetakchi yetkazib beruvchi sifatida harakat qiladi. Ayni paytda, Avatrning model liniyasi ikki modelni oʻz ichiga oladi. Bular: Avatr 11 va Avatr 12 hatchbekiavtomobil[4].

Texnik koʻrsatkichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avtomobilning uzunligi 5020 mm, eni 1999 mm, balandligi 1450 mmni, gʻildiraklar bazasi esa 3020 mm ni tashkil qiladi. Gʻildiraklar diametri 20 yoki 21 dyumni tashkil qiladi. Avatr 12 ramkasiz eshiklarga ega, orqa qismida harakatlanuvchi spoyler oʻrnatilgan va old oynaning pastki qismida 10500 boʻlakchadan iborat boʻlgan displey oʻrnatilgan boʻlib, unda salomlashuvlar, chizmalar va iboralarni dasturlash imkoni mavjud[3].

Avatr 12 ning bazaviy modefikatsiyasi orqa gʻildiraklari tortuvchi 313 ot kuchi va 370 nm quvvatga ega bitta elektr motor bilan jihozlangan dvigatel 94,5 kVt•soat quvvatga ega CATL uchtalik batareyasi bilan ishlaydi, bu esa elektromobilga 700 km masofani bosib o'tish imkonini beradi[5]. Gʻildiraklari toʻliq tortuvchi modifikatsiyasi esa bazaviydan farqli ravishda oldi gʻildiraklarida qoʻshimcha 265 ot kuchi va 280 nm quvvatga ega dvigatel bilan jihozlangan boʻlib, uning umumiy quvvati 578 ot kuchi va 650 N•m ga teng. Ushbu variant 94,5 kVt/soat quvvatga ega uchtalik batareya bilan jihozlangan. Ogʻirligi 2300 kgni tashkil qiladi[3].

Interyer[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avatr 12 ning saloni
Xitoy savdo markazida namoyishga qoʻyilgan Avatr 12

Avatr 12 elektromobilining interyeri o'ziga xos ishlangan bo'lib, markaziy konsolda yaxlit ekran o'rnatilgan. Ushbu ekranning diametri 35,4 dyuymga teng. Shuningdek, 15,6 dyuymli sensorli ekran mavjud bo'lib, u HarmonyOS 4 tizimida ishlaydi. Avatr 12 shuningdek, 27 ta karnay va 64 rangli tashqi yoritgichiga ega. Avtomobil ruli shturval shaklida bo'lib, uning yonida uzatmalar qutisi joylashgan. Orqa tomonni ko'rish uchun mo'ljallangan yon oynalar o'rniga kameralar o'rnatilgan bo'lib, uning tasviri markaziy konsoldagi yaxlit ekranning ikki chetiga o'rnatilgan ikkita 6,7 dyuymli monitor orqali ko'rinadi[4].

Markaziy tunnelda ikkita simsiz zaryadlash moslamasi va yashirin bo'linma mavjud. Avtomobil o'rindiqlari Nappa terisidan ishlangan. Avatr 12 ning old o'rindiqlari 114 graduslik burchakkacha yotishi mumkin, hamda ular isitiladi, ventilyatsiya qilinadi va 8 nuqtali massaj funktsiyasi bilan jihozlangan[4].

Komplektatsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻliq elektrlashgan xetchbek uchta komplektatsiyada taqdim etilgan boʻlib, birinchisi orqa gʻildiraklari tartuvchi Luxury (RWD), barcha gʻildiraklari tortuvchi Performance (4wd) va eng yuqori darajadagi GT 4wd. Modellar 8 ta serjilo va jilosiz ranglarda taqdim etilgan[5].

Narxi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elektromobil taqdim etilgan vaqtda Luxury (RWD) 41 265 dollarga, Performance 4wd 46 750 dollarga va GT 4wd 54 895 dollarga sotilishi maʼlum qilindi[4].

2023-yil 10-noyabr kuni oldindan buyurtmalarni qabul qilish boshlangach Avatr 12 ni sotib olish uchun 36 soat ichida 6700 dan ortiq buyurtma qabul qilindi[5].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yon tomondan koʻrinishi
Orqa tomondan koʻrinishi
Old yon tomondan koʻrinishi
Yon qismi
Orqa hamda yon qismi

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]