Zeekr 001
Zeekr 001 | |
---|---|
Zeekr 001 | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi | Zeekr |
Boshqa nomlari | xitoycha: 极氪 001 |
Model yili | 2021-yil |
Zavod(lar) | Xanchjou, XXR |
Tasnifi | |
Sinfi | Sport avtomobili |
Segment | E |
Platformasi | SEA1 platformasi |
Kuch moslamalari | |
Dvigateli | 2×Doimiy magnitli sinxron motorlar |
Tezlanishi | 3.8 sek. |
Yuqori tezligi | 200 km/s |
Oʻlchamlari | |
Gʻildirak bazasi | 3,000 mm (118.1 in) |
Gʻildirakformulasi | 4x4 |
Uzunligi | 4,970 mm (195.7 in) |
Kengligi | 1,990 mm (78.3 in) |
Balandligi | 1,560 mm (61.4 in) |
Eksteryer | |
Kuzov turi | Hetchbek (Hatchback) |
Eshiklar soni | 5 |
Boshqa maʼlumotlar | |
Aloqador avtomobillar |
Polestar 5 Lotus Type 133 Zeekr 009 Polestar 3 Polestar 4 Polestar 6 |
Zeekr 001 – Xitoyning Geely Automobile kompaniyasi tomonidan 2021-yilning oktyabr oyidan boshlab ishlab chiqariladigan besh eshikli elektr sport avtomobili.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elektromobilning ilk prototipi 2021-yil 16-aprelda taqdim etilgan boʻlib, nemis modeli hisoblanadigan Porsche Panamera Sport Tourismo asosida yaratilgan. Old qismi esa Lynk & Co 05 modelidan olingan. Shuningdek, Geely Automobile tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa elektromobillarda ham shu kabi platformadan foydalaniladi. Avtomobil 100 km/soat tezlikka 3,8 soniyada chiqadi, maksimal tezligi esa 200 km/soatni tashkil etadi.
„Zeekr“ nomining dastlabki ikki harfi „zero emission“ soʻzining bosh harflaridan olingan boʻlib, uchinchi harfda esa „elektr evolyutsiyasi davri“ (inglizcha: Electric-Evolution-Era) soʻzlari shifrlangan, oxirgi „kr“ harflari esa kimyoviy element boʻlmish kriptonning belgisidir. Kripton rangi, taʼmi va hidi boʻlmagan gaz boʻlib, bu nom yunon tilidan „yashirin“ yoki „maxfiy“ deb tarjima qilinadi[1].
Zeekr Smart Technology Co. kompaniyasining alohida boʻlinmasi ham tashkil qilingan. Zeekr modellari Geely holdingining bosh qarorgohi joylashgan Xanchjoudagi zavodda ishlab chiqariladi[1].
Ekstryeri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu katta liftbek chiroyli nisbatlarga ega boʻlib, uning gʻildirak bazasi 3005 mm, uzunligi – 4970 mm, kengligi – 1999 mm, balandligi – 1560 mm ni tashkil qiladi. Orqa oʻrindiqlar buklangan holda, yukxona hajmi 2144 litr ni tashkil qiladi. Old qismida ham kichik yukxona bor, lekin unga faqat boʻlgan tashqi zaryadlovchi uskuna va uning kabeli sigadi xolos. Avtomobilga past aerodinamik qarshilik koeffitsientiga (Cx=0,23) ega boʻlgan 22 dyuymli gʻildiraklar oʻrnatilgan[1].
Interyeri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangilangan versiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Geely xoldingi tarkibiga kiruvchi Zeekr brendi 001 elektr liftbekining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Model yangi kuzov ranglari, yangilangan multimedia tizimi va 140 kilovatt-soat quvvatga ega akkumulyatorga ega top versiyaga ega boʻladi. Bunday elektromobil bir marta quvvatlanishda 1000 kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtadi. Kompaniya ushbu modelni uzoq vaqt davomida ishlab chiqarmaydi. Umumiy hisobda 1000 ta avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan[2][3].
Qilin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zeekr kompaniyasi Xitoyning yirik akkumlyator batareyalari ishlab chiqaruvchisi CATL bilan besh yillik strategik hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Unga koʻra CATL tomonidan ishlab chiqariluvchi „Qilin“ akkumulyatorlarini dunyoda birinchi boʻlib Zeekr kompaniyasiga yetkazib beriladi. Ular uchinchi avlod CTP (cell-to-pack) sxemasidan foydalanadilar. „Qilin“ning xos quvvati 255 vatt-soat/kgni tashkil qiladi[2].
Akkumlyator blokining samarali toʻldirilishi 72 foizni tashkil etadi. CATL akkumulyatorlari Teslaning 4680 ta blokdan yigʻilgan akkumulyatorlarining oʻxshash oʻlchamlari va kimyoviy tarkibidan bir oz kuchliroqdir. Shuningdek ular katta sovutish yuzasiga ega boʻlgan issiqlik boshqaruv tizimi bilan jihozlangan, shuning uchun ular „issiq start“ rejimini qoʻllab-quvvatlaydi va 10 daqiqa ichida 10 dan 80 foizgacha zaryad oladi. CATL batareyalari avval Zeekr 009 furgonida (2023-yil 1-chorak) paydo boʻladi, keyin esa ular Zeekr 001 xetchbekiga (2023-yil 2-chorak) oʻrnatiladi. Zeekr 001 xetchbekiga „Qilin edition“ maxsus versiyasi oʻrnatiladi, u bir quvvatlanishda 1000 kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtish vaʼda qilingan[2].
Rekord
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zeekr 001 bir vaqtning oʻzida ikkita jahon rekordini oʻrnatdi va Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. U drift va slalomda eng yuqori tezlikni erishishga muvaffaq boʻldi – birinchi holatda u soatiga 207,9 kilometrgacha tezlashdi, ikkinchisida esa elektromobil uchun rekord darajada qisqa vaqt ichida – 49,05 soniyada 50 ta konusni orasidan yurib oʻtdi[4].
Zeekr 001 FR
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil sentabr oyida Zeekr umumiy quvvati 1248 ot kuchi (931 kVt; 1265 ot kuchi) boʻlgan toʻrt yadroli elektr motorlar, shuningdek, gusenitsalik tormozlari va podveskalarga ega 001 FR ning cheklangan versiyasini taqdimot qildi. Avtomobil detallari uglerod tolasidan ishlangan va „tank kabi aylanish“ rejimi bilan jihozlangan. Giperkar 800 V platformasida ishlab chiqarilgan boʻlib, 100 kVt/soat quvvatga ega CATL Qilin batareyasi bilan jihozlangan. Zeekr oyiga 99 ta avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan[5].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Xalqaro avtomobil koʻrgazmasidagi namuna model
-
Xalqaro avtomobil koʻrgazmasidagi namuna model
(Orqa tomondan koʻrinishi) -
Old tomondan koʻrinishi qizil qangli versiyasi
-
Orqa tomondan koʻrinishi qizil qangli versiyasi
-
Xalqaro avtomobil koʻrgazmasidagi namuna model
-
Xalqaro avtomobil koʻrgazmasidagi namuna model
-
Turargohda turgan Zeekr 001
-
Savdo markazidagi Zeekr 001
-
Zeekr 001ning qora qangli versiyasi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Игорь Владимирский. „Представлен электромобиль Zeekr 001: все характеристики“ (ru). autoreview.ru. Qaraldi: 6-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Алексей Носаченко. „Электролифтбек Zeekr 001 обновился и получил версию с запасом хода больше 1000 км“ (ru). motor.ru. Qaraldi: 6-dekabr.
- ↑ Dexter. „544 л.с., запас хода 1032 км и три экрана. Geely представила премиум-хетчбэк Zeekr 001 2023, цены стартуют от 43500 долларов“. ixbt.com. Qaraldi: 6-dekabr.
- ↑ Лиза Будрина. „В России уже можно купить Zeekr 001, установивший два рекорда Гиннесса“ (ru). motor.ru. Qaraldi: 6-dekabr.
- ↑ Ежов, Андрей „Спортивный Zeekr 001 FR: четыре мотора, 1265 л.с., танковый разворот и 2,07 с до «сотни»“. kolesa.ru (2023-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.[sayt ishlamaydi]