Avazbek Oʻlmasaliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avazbek Oʻlmasaliyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Avazbek Alisher oʻgʻli Oʻlmasaliyev
Tavallud sanasi 27-mart 2000-yil (2000-03-27) (24 yosh)
Tavallud joyi Fargʻona Oʻzbekiston
Boʻyi 1.85 cm (12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
OKMK
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2013—2016 Neftchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2018 Neftchi 23 (2)
2019—2021 Lokomotiv 23 (2)
2021   Bunyodkor 18 (3)
2022—2023 Bunyodkor 48 (1)
2024— OKMK 0 (0)
Milliy terma jamoa
2018—2019 Oʻzbekiston U-23 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Avazbek Alisher oʻgʻli Oʻlmasaliyev (inglizcha: Avazbek Ulmasaliev; 27-mart 2000-yil, Fargʻona, Oʻzbekiston) – Oʻzbek millatiga mansub, Oʻzbekistonlik futbolchi. Ampulasi boʻyicha markaziy himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Olmaliqning „OKMK“ klubi futbolchisi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avazbek Fargʻona futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini 2016-yilgi mavsum „Neftchi“ jamoasi yoshlar tarkibida boshlagan holda[1] 2017-yilgi mavsumda Fargʻona jamoasi bilan ilk bor professional shartnoma imzolagan[2]. Yangi jamoasi tarkibida dastlabki mavsumidayoq asosiy futbolchilardan biriga aylangan va 9 ta oʻyinda 1 ta gol muallifiga aylangan[3]. 2018-yilgi mavsumda 15 ta oʻyinda ishtirok etib „Nasaf“ jamoasiga qarshi oʻyinda mavsumdagi yagona golini urgan[4][5]. Mavsum yakunida „Neftchi“ jamoasi quyi ligaga tushib ketganligi sababli Oʻlmasaliyev jamoasini oʻzgartiradi va 2018-yilgi mavsum chempioni Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan 2019-yilda shartnoma imzolagan[6][7]. Yangi jamoasida dastlabki sovrini 2019-yilgi Oʻzbekiston Superkubogida qoʻlga kiritgan. Temiryoʻlchilar jamoasi tarkibida ikki mavsumda oʻynab asosiy futbolchilaridan biriga aylana olmagan[8] Avazbek 2021-yilgi mavsumda Toshkentning boshqa bir jamoasi „Bunyodkor“ klubiga ijaraga berilgan[9]. Bunyodkor klubida bir mavsumda davomida jamoaning ishonchli oyinchilaridan biriga aylangan va mavsum yakunida „Paxtakor“ klubidan futbolchiga qiziqish bildirilgan. 2022-yilgi mavsum oldidan „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan Avazbek[10], keyinchalik shartnoma shartlari borasida kelisha olmay bir oydan soʻng „Bunyodkor“ klubiga qaytgan[11][12]. 2022-yilgi mavsumni Bunyodkor klubida boshlagan[13] xolda ikki mavsum davomida Oʻzbekiston Superligasi oʻyinlarida 48 ta oʻyinda 1 ta gol muallifi boʻlgan, 2023-yilgi mavsumda klub sardori darajasigacha koʻtarilgan[14]. 2023-yilgi mavsum yakunida Bunyodlkor klubi bilan shartnoma yakunlangan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan[15]. 2023-yil dekabr oyida Moskvaning „SSKA“ jamoasi Oʻlmasaliyevni oʻz safiga qoʻshib olmoqchiligi toʻgʻrisida OAVlarida habar berilgan[16]. 2024-yil 9-yanvar kuni Olmaliqning „AGMK“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[17].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „«Нефтчи» ёшлари «Цементчи»ни мағлуб этди“ (2016-yil 18-iyul).
  2. „"Нефтчи" янги футболчиларни таништирди“ (2017-yil 3-avgust).
  3. „Музаффаров ёш жамоадошига омад тилади“ (2017-yil 21-noyabr).
  4. „Суперлига: «Пахтакор»да ғалаба, Насаф» эса сафарда мағлуб бўлди“ (2018-yil 22-sentyabr).
  5. „Суперлига-2018. Энг ёш ва энг фахрий футболчилар ҳақида“ (07 дек 2018).
  6. „“Локомотив” янги футболчиларни таништирди ФОТО“ (28 фев 2019).
  7. „​"Локомотив" янги йил олдидан яна бир трансферга қўл урди“ (31 дек 2018).
  8. „Кеча қўрқинчли жароҳат олган "Нефтчи" футболчиси қачон сафга қайтади? ВИДЕО (+18)“ (23 сен 2018).
  9. „«Бунёдкор» ўз олдига чемпионликни мақсад қилиб қўймоқда“ (2021-yil 9-mart).
  10. „Расмий хабар: Авазбек Ўлмасалиев "Пахтакор" футболчисига айланди“ (2022-yil 11-yanvar).
  11. „Авазбек Ўлмасалиевнинг шов-шувли трансфери: у нима сабабдан "Бунёдкор"га қайтганини маълум қилди“ (2022-yil 1-fevral).
  12. „Расман: 11 январь куни "Пахтакор" билан шартнома имзолаган Авазбек Ўлмасалиев кутилмаганда "Бунёдкор" аъзосига айланди“ (2022-yil 1-fevral).
  13. „"Бунёдкор" янги харидни амалга оширди (фото)“ (2022-yil 1-fevral).
  14. „"Биз ҳали кўп жамоаларга бош оғриқ бўламиз" — "Бунёдкор"нинг янги сардори“ (2023-yil 9-sentyabr).
  15. „Авазбек Ўлмасалиев эркин агентга айланди“ (2023-yil 23-dekabr).
  16. „Защитник «Бунедкора» Улмасалиев стал свободным агентом. Им интересуется ЦСКА“ (2023-yil 23-dekabr).
  17. „Расман: ОКМК "Бунёдкор" сардори билан шартнома имзолаганини эълон қилди“ (2024-yil 9-yanvar).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]