Avazbek Turdaliyev
Avazbek Turdaliyevich Turdaliyev | |
---|---|
Tavalludi |
10-fevral 1980-yil Mingbuloq tumani, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | biolog |
Sohasi | biologiya |
Taʼlimi | Fargʻona davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | biologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | dotsent |
Avazbek Turdaliyevich Turdaliyev (1980-yil 10-fevral, Mingbuloq tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, biologiya fanlari doktori (2016), dotsent.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avazbek Turdaliyev 1980-yil 10-fevral Namangan viloyati, Mingbuloq tumanida tugʻilgan. 2002-yilda Fargʻona davlat universiteti tabiiy fanlar fakultetini tugatgan[1]. 2008—2009-yillarda Fargʻona davlat universiteti tuproqshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi, 2009—2018-yillarda universitetning Tabiiy fanlar fakultetida assistent, katta oʻqituvchi, 2018—2022 yilari zootexniya fakultetida kafedra mudiri, 2022—2023-yillarda uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qoʻshma fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan. 2023-yildan Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari[2].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avazbek Turdaliyev 2009—2012 yillarda Fargʻona davlat universitetida aspiranturasida tahsil olgan va 2016-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, 2016-yilda biologiya fanlari doktori ilmiy darajasini va „Tuproqshunoslik“ ixtisosligida dotsent ilmiy unvonini olgan. 250 dan ziyod ilmiy ishlar, shu jumladan, 2 ta monografiya, 6 dan ortiq oʻquv uslubiy qoʻllanmalar, „Tuproq geografiyasi“ (2021), „Tuproqni xaritaga tushirish“ (2022) oʻquv qoʻllanmalari mualilifi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari“.