Kontent qismiga oʻtish

Nina Avedova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Avedova Ninadan yoʻnaltirildi)
Nina Artashesovna Avedova
Нина Арташесовна Аведова
Tavalludi 3-sentyabr 1923-yil
Toshkent
Istiqomat joylari Toshkent
Fuqaroligi O'zbekiston SSR
Millati rus
Sohasi sanʼatshunoslik
Ish joylari Hamza nomidagi sanʼatshunoslik ilmiy tekshirish instituti
Institutlar Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy unvoni sanʼatshunoslik fanlari nomzodi

Avedova Nina Artashesovna — (ruscha:Нина Арташесовна Аведова) sharqshunos olima, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi.[1]

Avedova Nina Artashesovna 1923-yil 3-oktabrda Toshketnda tavallud topgan. 1942-yilda Toshkent davlat pedagogika institutiga oʻqishga kiradi. 1944-yilda esa Oʻrta Osiyo davlat universiteti qoshidagi yangi ochilgan sharq fakultetiga kirib oʻqiydi. 1949-yilda fakultetni eron-afgʻon filologiyasi yoʻnalishi boʻyicha bitirdi. Shundan soʻng butun umrini sharqning nafis sanʼatini oʻrganishga bagʻishlaydi.[1]

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1939—1945-yillar davomida „Sharq guli“ artelida kashtadoʻz boʻlib ishlaydi. N.A.Avedova sharq fakuletini bitirganidan soʻng Oʻrta Osiyo davlat universiteti tarix fakultetining sanʼatshunoslik kafedrasida laborant , 1951—1959-yillarda Hamza nomidagi San'atshunoslik ilmiy tekshirish institutida ilmiy xodim, 1959-yildan 1985-yilgacha Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyining Sharq sanʼati boʻlimida katta ilmiy xodim boʻlib ishlaydi. Olima 1985—1986-yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Oʻzbekiston xalqlari muzeyida katta ilmiy xodim lavozimida xizmat qilgan. N.A.Avedova 1986-yilda nafaqaga chiqadi.[1]

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

N.A.Avedova 1971-yilda Moskovada SSSR Badiiy akademiyasi (Akademiya xudojestva)ning kengashida „Резьба по дереву в Узбекистане.(Творчество народных мастеров ХIХ-ХХ вв.)“degan mavzuda dessertatsiya yoqlab, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi.[1]

Olima uzoq yillar davomidagi faoliyati davrida 80 dan ortiq ilmiy maqolalar, risola va monografiyalar yozgan. Uning asarlari rus, oʻzbek va boshqa xorijiy tillarda nashr qilingan. Jumladan, „Значение отдельных узоров“[2] maqolasi nemis tilida Berlinda va „Живописные и декоративные росписи Средней Азии и Индии“[3] monografiyasi ingliz tilida Dehlida bosib chiqiladi.

Asosiy ilmiy asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]


1. Паргори вид резьбы по дереву в работах народного мастера Сулеймана Ходжаева. Т., 1958.
2. Резьба по дереву. - В ки.: „Резьба и роспись по ганчу и дереву“. Т., 1962., c. 51-97
3. Ташкентская резьба по дереву и работах Максуда Касимова. Т., 1966.google books orqali o'qish uchun
4. Искусство оформления узбекских музыкальных инструментов. Т., 1966.
5. Узбекских музыкальные инструменты.-Ж-л „Ля Практико“. Нидерланды, 1966, № 9, 120-122-betlar (esperanto tilida)

6. Значение отдельных узоров. - В киЗначение отдельных узоров. В ки.: „Сигрид Вестфаль-Хельбуш и Ильзе Брунс“. Металлически сосуды из Бухары.''' Берлин, 1974,(nemis tilida). 1976, 284-bet.

7. Сведения о техники живописи в энциклопедии Ваджива Али, - В ки.: „Из истории живописи Средней Азии“. Традиции и новаторство, Т., 1984., c. 179-202.

8. Живописные и декоративные росписи Средней Азии и Индии по данным „Матла ул-улюм ва маджма ул-фунун“.- В ки.: „Взаимодействие между наукой и техникой Индии и Средней Азии во времена Средневековья“. Том II, Нью-Дели, 1990 (ingliz tilida), 175-189-betlar.[1]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 O'zbekiston Sharqshunoslari, Malik Abdusamatov, bibliografik ocherk, Qomuslar bosh tahririyati, Toshkent - 1996, 182-183-betlar. 
  2. Значение отдельных узоров. - В киЗначение отдельных узоров. В ки.: „Сигрид Вестфаль-Хельбуш и Ильзе Брунс“. Металлически сосуды из Бухары.''' Берлин, 1974,(nemis tilida). 1976, 284-bet.
  3. Живописные и декоративные росписи Средней Азии и Индии по данным „Матла ул-улюм ва маджма ул-фунун“.- В ки.: „Взаимодействие между наукой и техникой Индии и Средней Азии во времена Средневековья“. Том II, Нью-Дели, 1990 (ingliz tilida), 175-189-betlar.