Nina Avedova
Nina Artashesovna Avedova Нина Арташесовна Аведова | |
---|---|
Tavalludi |
3-sentyabr 1923-yil Toshkent |
Istiqomat joylari | Toshkent |
Fuqaroligi | O'zbekiston SSR |
Millati | rus |
Sohasi | sanʼatshunoslik |
Ish joylari | Hamza nomidagi sanʼatshunoslik ilmiy tekshirish instituti |
Institutlar | Toshkent davlat pedagogika instituti |
Ilmiy unvoni | sanʼatshunoslik fanlari nomzodi |
Avedova Nina Artashesovna — (ruscha:Нина Арташесовна Аведова) sharqshunos olima, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi.[1]
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avedova Nina Artashesovna 1923-yil 3-oktabrda Toshketnda tavallud topgan. 1942-yilda Toshkent davlat pedagogika institutiga oʻqishga kiradi. 1944-yilda esa Oʻrta Osiyo davlat universiteti qoshidagi yangi ochilgan sharq fakultetiga kirib oʻqiydi. 1949-yilda fakultetni eron-afgʻon filologiyasi yoʻnalishi boʻyicha bitirdi. Shundan soʻng butun umrini sharqning nafis sanʼatini oʻrganishga bagʻishlaydi.[1]
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1939—1945-yillar davomida „Sharq guli“ artelida kashtadoʻz boʻlib ishlaydi. N.A.Avedova sharq fakuletini bitirganidan soʻng Oʻrta Osiyo davlat universiteti tarix fakultetining sanʼatshunoslik kafedrasida laborant , 1951—1959-yillarda Hamza nomidagi San'atshunoslik ilmiy tekshirish institutida ilmiy xodim, 1959-yildan 1985-yilgacha Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyining Sharq sanʼati boʻlimida katta ilmiy xodim boʻlib ishlaydi. Olima 1985—1986-yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Oʻzbekiston xalqlari muzeyida katta ilmiy xodim lavozimida xizmat qilgan. N.A.Avedova 1986-yilda nafaqaga chiqadi.[1]
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]N.A.Avedova 1971-yilda Moskovada SSSR Badiiy akademiyasi (Akademiya xudojestva)ning kengashida „Резьба по дереву в Узбекистане.(Творчество народных мастеров ХIХ-ХХ вв.)“degan mavzuda dessertatsiya yoqlab, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasini oladi.[1]
Olima uzoq yillar davomidagi faoliyati davrida 80 dan ortiq ilmiy maqolalar, risola va monografiyalar yozgan. Uning asarlari rus, oʻzbek va boshqa xorijiy tillarda nashr qilingan. Jumladan, „Значение отдельных узоров“[2] maqolasi nemis tilida Berlinda va „Живописные и декоративные росписи Средней Азии и Индии“[3] monografiyasi ingliz tilida Dehlida bosib chiqiladi.
Asosiy ilmiy asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
1. Паргори вид резьбы по дереву в работах народного мастера Сулеймана Ходжаева. Т., 1958.
2. Резьба по дереву. - В ки.: „Резьба и роспись по ганчу и дереву“. Т., 1962., c. 51-97
3. Ташкентская резьба по дереву и работах Максуда Касимова. Т., 1966.google books orqali o'qish uchun
4. Искусство оформления узбекских музыкальных инструментов. Т., 1966.
5. Узбекских музыкальные инструменты.-Ж-л „Ля Практико“. Нидерланды, 1966, № 9, 120-122-betlar (esperanto tilida)
6. Значение отдельных узоров. - В киЗначение отдельных узоров. В ки.: „Сигрид Вестфаль-Хельбуш и Ильзе Брунс“. Металлически сосуды из Бухары.''' Берлин, 1974,(nemis tilida). 1976, 284-bet.
7. Сведения о техники живописи в энциклопедии Ваджива Али, - В ки.: „Из истории живописи Средней Азии“. Традиции и новаторство, Т., 1984., c. 179-202.
8. Живописные и декоративные росписи Средней Азии и Индии по данным „Матла ул-улюм ва маджма ул-фунун“.- В ки.: „Взаимодействие между наукой и техникой Индии и Средней Азии во времена Средневековья“. Том II, Нью-Дели, 1990 (ingliz tilida), 175-189-betlar.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 O'zbekiston Sharqshunoslari, Malik Abdusamatov, bibliografik ocherk, Qomuslar bosh tahririyati, Toshkent - 1996, 182-183-betlar.
- ↑ Значение отдельных узоров. - В киЗначение отдельных узоров. В ки.: „Сигрид Вестфаль-Хельбуш и Ильзе Брунс“. Металлически сосуды из Бухары.''' Берлин, 1974,(nemis tilida). 1976, 284-bet.
- ↑ Живописные и декоративные росписи Средней Азии и Индии по данным „Матла ул-улюм ва маджма ул-фунун“.- В ки.: „Взаимодействие между наукой и техникой Индии и Средней Азии во времена Средневековья“. Том II, Нью-Дели, 1990 (ingliz tilida), 175-189-betlar.