Kontent qismiga oʻtish

Aventino

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aventino
Fayl:FiumeAventino.JPG, Taranta Peligna - Parco Fluviale delle Acquevive (2).jpg
Tavsif
Uzunligi 45
Davlat Italiya
Aventino

Aventino (italyancha: Aventino) – Abrussoning janubiy qismida oqadigan daryo. Sangro daryosining chap irmogʻi. Daryoning boshlanishi Monte-Porrara togʻida joylashgan [1] . Aventinoning manbai Kyeti provinsiyasidagi Palena shahridan boshlanadigan Kotyao daryosidir [2].

Aventino janubiy Abrusso hududidan oqib oʻtadi. Daryo boʻylab Taranta-Peligna kommunasi joylashgan. 1950-yillarda Torretta di Kasoli hududida daryo oqimi Sant-Anjelo suv omborini shakllantirish uchun qayta yoʻnaltirildi. Daryo oʻtgan asrning 90-yillarida muhofaza qilinadigan tabiiy resurs sifatida Majella milliy bogʻi tizimiga kiritilgan.

Mintaqaga xos boy flora va fauna sayyohlarni ham, mahalliy aholini ham oʻziga jalb qiladi. Bu joy, ayniqsa, baliqchilar orasida mashhur.Civitella-Messer Raimondo hududida sayyohlik loyihasi doirasida daryo boʻylab eshkak eshish va rafting yoʻnalishlari ochildi [1].

  1. 1,0 1,1 „Il fiume Aventino — Abruzzo Rafting“. 2013-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-mart. (WebCite saytida 2013-04-11 sanasida arxivlangan)
  2. „Le discese in kayak | Ckfiumi.net“. www.ckfiumi.net. Qaraldi: 2019-yil 28-iyul.