Kontent qismiga oʻtish

Avksentiy Mordinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avksentiy Mordinov
Tavalludi 23-fevral 1910-yil
Ust-Amginsk naslegi, Tattinsk ulusi, YASSR
Vafoti 1-noyabr 1993-yil(1993-11-01)
(83 yoshda)
Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi faylasuf olim
Mukofotlari «Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Avksentiy Yegorovich Mordinov (19101993) — birinchi yoqut faylasufi, falsafa fanlari doktori, professor; Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi[1].

Avksentiy Mordinov 1910-yil 23-fevralda hozirgi Tattinsk ulusining Ust-Amginsk naslegida kambagʻal oilada tugʻilgan[1].

Toʻqqiz yoshida Chichimaxdagi boshlangʻich maktabiga oʻqishga kiradi, soʻngra Cherkexdagi yetti yillik maktabida oʻqishni davom ettiradi. 1929—1930-yillarda jurnalistik faoliyat bilan shugʻullangan va „Eder Bolshevik“ gazetasining mas’ul kotibi boʻlgan. 1930-yilda Yoqut pedagogika texnikumini tugatib, Moskva falsafa, adabiyot va tarix institutiga oʻqishga kiradi va uni 1934-yilda tugatdi. Moskva shahar qoʻmitasi va komsomol markaziy qoʻmitasi topshirigʻiga asosan Moskva viloyatida universal oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishda ishtirok etgan.

1934-yil oxirida Mordinov oʻz vataniga qaytib keladi va shu vaqtdan boshlab pedagogik faoliyat bilan shugʻullanib, falsafadan dars beradi: 1936-yildan Yoqut pedagogika institutining falsafa kafedrasi mudiri (bir vaqtning oʻzida Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Til va madaniyat ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy kotibi) boʻlib ishlagan, 1956-yildan Yoqut davlat universitetining falsafa kafedrasi mudiri. 1940-yilda „Proletariat diktaturasi va milliy madaniyat“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini; 1954-yilda „SSSR xalqlari sovet madaniyatining sotsialistik mazmuni va milliy shakli“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi himoya qilgan.

Avksentiy Mordinov 1993-yil 1-noyabrda vafot etgan.

Tattinsk gimnaziyasi uning nomi bilan atalgan[2].

Avksentiy Mordinov ikki marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni, „Hurmat Belgisi“ ordeni va medallar bilan taqdirlangan[3]. P. A. Oyunskiy nomidagi Davlat mukofoti laureati boʻlgan[1].