Kontent qismiga oʻtish

Avloniy (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Avloniy
Rejissyor(lar) Muzaffar Erkinov
Ssenariynavis(lar) Tohir Malik
Muqaddas Usmonova
Rollarda Alisher Yo‘ldoshev
Muhammadali Abduqunduzov
Matyoqub Matchonov
Abror Yoʻldoshev
Javohir Zokirov
Tohir Saidov
Bastakor(lar) Abulqosim Muinzoda
Kinematografiya Ravshan Mirzakamolov
Studiya(lar) “Ramz Film” kompaniyasi
Davomiyligi 140 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Avloniy — ilk marotaba oʻzbek jadid arboblari toʻgʻrisida suratga olingan tarixiy dramasi[1]. Muzaffar Erkinovning 1919-yilda oʻzbek va sovet diplomati, dramaturgi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Abdulla Avloniyning Afgʻonistondagi missiyalari togʻrisida hikoya qiladfi. Film 2020-yilda Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga koʻra „Ramz Film“ kompaniyasi tomonidan suratga olingan[2].

Film yaratilishiga asos boʻlgan motiv bu Tohir Malikning „Qaldirgʻoch“ asari boʻlgan. U sujet davomida Avloniyning 1919-yilda Afgʻonistonga diplomatik safari haqidadir. Loyihaning suratga olish jarayonlari avgustda tugatildi. Pavilionlar esa Xorazm, Qoraqalpogʻiston Qoʻqon shaharlarida boʻldi. Xususan, 20 dan ziyod dekoratsiya: jumladan, 3 ta vokzal, 2 ta 14 metrli poyezd, bitta paroxod qurildi, 500dan ziyod kostyum tayyorlangan[3]. Film premyerasi 2019-yil 12-dekabrda boʻlib oʻtdi[4]

1919-yil Afgʻonistonning islohotchi amiri Omonullaxon (Hamza Hasanov) Buyuk Britaniya bilan munosabatlarni muvozanatlash uchun endigina qurilayotgan SSSRga murojaat qiladi. Moskva darhol Nikolay Bravin (Abror Yoʻldoshev) boshchiligidagi diplomatik missiyani tayyorlaydi, shuningdek, boshqa elchi — mahalliy tilni biladigan, lekin bolsheviklarga sodiq ziyoli sifatida yuborishga qaror qiladi. Tanlov muzokaralarda Turkiston Muxtor Respublikasi vakili boʻlishi kerak boʻlgan jadidchi Abdulla Miravlonov yoki Avloniy (Alisher Yoʻldoshev) zimmasiga tushadi. Ayni paytda Afgʻoniston amiri bilan uchrashish uchun inglizlar bilan shartnoma tuzgan Samarqandning eski hokimiyat vakillari ham yuboriladi. Qonli poyga boshlanadi, uning davomida Avlaniy sharoit bosimi ostida oʻzgara boshlaydi. Kommunistik partiya gʻoyalariga ishongan va mintaqa kelajagini shu asosda qurishga umid qilgan maʼrifatparvar uzoq taradduddan soʻng oʻz tamoyillaridan voz kechib, siyosatga yuzlandi. Biroq, bolsheviklar bilan hamkorlik tajribasi, xususan, Afgʻonistonga safari uni hafsalasi pir qildi. Avloniy siyosat bilan shugʻullanmay, qolgan umrini ijodga bagʻishladi.