Kontent qismiga oʻtish

Axbaxoʻjakaspi dovoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Axbaxo‘jakaspi dovonidan yoʻnaltirildi)


Axbaxoʻjakaspi dovoniSurxondaryo viloyati bilan Tojikiston Respublikasi chegarasidagi dovon. Machitli tizma togʻining shimoli-sharqiy qismida, Kishtut daryosi, Xoʻjakaspi irmogʻining yuqori oqimida joylashgan. Balandligi 3870 m. Gʻarbiy yon bagʻirlari qor va muzliklar bilan qoplangan va sharqiy yon bagʻriga nisbatan qiyaroq. Axbaxoʻjakaspi dovoni orqali yoz oylarida Xoʻjakaspi daryosi vodiysidan Sandaldaryo vodiysiga oʻtiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil