Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi
Qisqartma | "O'zkomnazorat" Inspeksiyasi |
---|---|
Turi | Respublika boshqaruv organi |
Maqomi | Amalda |
Ishga tushgan sanasi | 1991-yil 1-fevral |
Joylashuvi | Toshkent shahri, Labzak ko'chasi, 136-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Boshliq | Aʼzam Abdullayev |
Bosh mahkamasi | Inspeksiya |
Vebsayti | gis.uz/ozkomnazorat/history |
Til(lar)i | Oʻzbek, Rus |
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (qisqartmasi: Oʻzkomnazorat) – Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi – davlat va xoʻjalik boshqaruvi tizimi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, pochta va davriy matbuot nashrlarining tarqatilishi, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishda amaldagi normalar va qoidalar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bilan shugʻillanadigan Respublika boshqaruv organi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat aloqa inspeksiyasi davlat organi sifatida Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 16-yanvardagi 13-son qarori va Aloqa Vazirligining buyrugʻi asosida 1991-yilning 1-fevral kuni tashkil etilgan[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aloqa inspeksiyasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Butunjahon pochta uyushmasi konvensiyasi va bitimiga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda olib boradi.
„Technocorp markazi“
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi“ MCHJ (qisqartmasi: Technocorp) Prezidentning 2019-yil 14-sentabrdagi „Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PQ-4452-son qarori asosida „Oʻzkomnazorat“ Inspeksiyasi huzurida tashkil etilgan[3].
Rahbarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991—1997-yillarda Islomov Shavkat Shukurovich
1997—2000-yillarda Ziyoyev Gʻolibsher Meliboyevich
2000—2001-yillarda Rustamova Muborak Xoshimovna
2003—2009-yillarda Abidxodjayev Shomansur Shoyusupovich
2009—2011-yillarda Atamuhamedov Shuhrat Muhamadaminovich
2012—2012-yillarda Abidxodjayev Shomansur Shoyusupovich
2013—2017-yillarda Umarxodjayev Farxod Tilyamuratovich
2017—2018-yillarda Isbosarov Agzam Faxriddinovich
2018—2019-yillarda Tursunov Rovshan Xamidullayevich
2019—2020-yillarda Xodjayev Asadjon Azatbekovich
2020—2022-yillarda Ziyoyev Gʻolibsher Meliboyevich
2022-yildan Abdullayev Aʼzam Abdushukurovich
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://lex.uz/docs/-4071401 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2018-yil 21-noyabr PQ-4024-son, Lex.uz
- ↑ https://gis.uz/ozkomnazorat/history Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 1991-yil 16-yanvar, Lex.uz
- ↑ https://lex.uz/docs/-4665548 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2019-yildagi 14-sentabrdagi PQ-4452-son Lex.uz