Aʼzam Abdullayev
Qiyofa
Aʼzam Abdullayev | |
---|---|
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i | |
Mansab davri 27-aprel 2022-yil | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
5-oktyabr 1983-yil Toshkent |
Fuqaroligi |
Oʻzbek SSR Oʻzbekiston |
Maʼlumoti | Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti |
Aʼzam Abdullayev (toʻliq ismi: Abdullayev Aʼzam Abdushukurovich; 1983-yil 5-oktyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – Axborot texnologiyalari va Axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassis. 2023-yildan Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat inspeksiyasining boshligʻi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aʼzam Abdullayev 1983-yil 5-oktyabr kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 2001—2005-yillarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetini, 2005—2007-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mehnat faoliyatini 1999-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahri Shayxontoxur tumani 6-foydalanish tarmogʻi 2-darajali sozlovchisi sifatida boshlagan.
- 2006—2008-yillarda „UZINFOCOM“ Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi „ZiyoNET“ Axborot resurs markazi tarmoq sektori 1-toifali mutaxassisi.
- 2008—2009-yillarda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi, Standartlashtirish tayanch tashkiloti normativ hujjatlar maʼlumot-axborot fondini yuritish sektori yetakchi muhandisi.
- 2009—2012-yillarda Oʻzbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati 1-toifali mutaxassisi.
- 2012—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi Axborot xavfsizligi boʻlimi yetakchi mutaxassisi.
- 2015—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xavfsizligi boʻlimi yetakchi mutaxassisi.
- 2016—2018-yillarda vazirlikning Elektron hukumatni joriy qilish va davlat xizmatlarini rivojlantirish bosh boshqarmasi Elektron hukumat loyihalarining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish boʻlimi boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
- 2018—2019-yillarda „Toshyoʻlovchitransxizmat“ Unitar korxonasi direktori.
- 2019—2022-yillarda „Tashshahartransxizmat“ Aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining Axborot texnologiyalari va mahalliylashtirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
- 2022—2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi, 2023-yildan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlangan[1][2][3].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oilali, 1 nafar qiz, 3 nafar oʻgʻil farzandi bor[manba kerak].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2022/04/27/uzkomnazorat/Gazeta.uz sayti, 2022-yil 27-apreldagi „Uzkomnazorat vozglavil Aʼzam Abdullaev“ nomli xabari
- ↑ https://t.me/huquqiyaxborot/11587, Hukumatning 216-son qarori, 2022-yil 27-aprel, Lex.uz
- ↑ „A’zam Abdullayev “O‘zkomnazorat” boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi“ (uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 11-dekabr.