Kontent qismiga oʻtish

Toshshahartransxizmat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Toshshahartransxizmat“ AJ
Turi Aksiyadorlik jamiyati
Sanoat Yoʻlovchi tashish
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 5-iyun, 1992-yil (32 yil avval) (1992-06-05)
Joylashuvi Toshkent shahri, Amir Temur 1-tor koʻchasi, 6-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktori Djurayev Anvar
Ishchilar soni 5600
Vebsayti tashbus.uz
Til(lar)i oʻzbek, rus

„Toshshahartransxizmat“ AJ – (ruscha: AO „Ташшахартрансхизмат“ ) – yoʻlovchi tashish sohasida rahbarlik va xoʻjalik boshqaruvini amalga oshiruvchi vakolatli davlat tashkiloti. „Toshshahartransxizmat“ aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Toshkent shahar hokimiyatiga boʻysunadi[1].

2023-yilga koʻra „Toshshahartransxizmat“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 154,060 million soʻmni tashkil etadi[2].

1992-yil 5-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining „Toshkent shahar yoʻlovchilar transportini boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida“gi PF-425-sonli farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 266-sonli qaroriga asosan „Toshkent shahar yoʻlovchilar tashish transporti korxonalari davlat uyushmasi“ („Toshshaharyoʻlovchitrans“) tashkil qilingan[3].

2004-yil 11-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Xoʻjalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisidagi“ gi PF-3366-sonli farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Toshshaharyoʻlovchitrans“ davlat uyushmasini „Toshshaharyoʻlovchitrans“ aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida" gi 277-sonli qaroriga muvofiq „Toshshaharyoʻlovchitrans“ davlat uyushmasi „Toshshaharyoʻlovchitrans“ aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi[4].

2006-yil 31-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida“ gi 3713-sonli farmoni „Toshshshahartransxizmat“ uyushmasi hamda „Toshkent shahar hokimligining yoʻlovchi transporti barcha turlari xarakatini lisenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida“ gi PQ – 262 – sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgrisida“ gi 11- sonli qarori bilan „Toshshaharyoʻlovchitrans“ aksiyadorlik kompaniyasi tugatilib, uning negizida „Toshshahartransxizmat“ uyushmasi tuzildi. Yuqorida aytilgan meʼyoriy hujjatlarga binoan, „Toshavtobustrans“, „Toshpassremservis“ aksiyadorlik kompaniyalari va „Toshelektrotrans“ davlat kompaniyasi tashkil etildi[5].

„Toshshahartransxizmat“ uyushmasi „Toshshaharyoʻlovchitrans“ aksiyadorlik kompaniyasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

„Toshshahartransxizmat“ uyushmasi yuridik huquq maqomiga ega boʻlgan muvofiqlashtiruvchi boshqaruv tashkilotidir.

2013-yil 13-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida“ gi PQ – 2048 – sonli qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Shahar yoʻlovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora – tadbirlar toʻgʻrisida“ gi 308 – sonli qarorga asosan „Toshshahartransxizmat“ uyushmasi, „Toshavtobustrans“, Toshpassremservis" aksiyadorlik kompaniyalari va „Toshelektrotrans“ davlat kompaniyasi tugatilib, ular oʻrniga „Toshshahartransxizmat“ aksiyadorlik kompaniyasi tuzilgan[6].

  • „1-avtobus saroyi“
  • „2-avtobus saroyi“
  • „3-avtobus saroyi“
  • „4-avtobus saroyi“
  • „5-avtobus saroyi“
  • „7-avtobus saroyi“
  • „8-avtobus saroyi“
  • „12-avtobus saroyi“
  • „18-avtobus saroyi“
  • „Toshavtotamirxizmat“ UK
  • „Toshavtouztrans“ UK
  • Djurayev Anvar Zapparovich – Boshqaruv raisi[7];
  • Shamuradov Rustam Seylixanovich – Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari;
  • Azizov Abdujamil Abdugafarovich – Boshqaruv raisining oʻrinbosari-bosh muhandis;
  • Davlatov Najmiddin Giyazidinovich – Boshqaruv raisining yoʻlovchi tashishni muvofiqlashtirish va yoʻnalish tarmoqlarini optimallashtirish boʻyicha oʻrinbosari;
  • Sobirov Qosimjon Foziljon oʻgʻli – Boshqaruv raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha maslahatchisi.