Kontent qismiga oʻtish

Uzinfocom

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM“ MChJ

Logotip
Turi MChJ
Xizmatlari IT xizmatlar
Qachon asos solingan 2002
Joylashuvi OʻzbekistonOʻzbekiston, Toshkent. A.Navoiy, 28b
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Direktori Emil Gimranov
Ishchilar soni 200
Vebsayti https://uzinfocom.uz/

UZINFOCOM — Oʻzbekiston Respublikasida davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Yagona Integrator. 2002-yilda tashkil topgan. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibiga kiradi[1].

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmoni[2] bilan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (OʻzAAA) huzurida „UZINFOCOM“ Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi davlat unitar korxonasi tashkil etildi. UZINFOCOM tomonidan barcha davlat organlariga kompyuter texnikalari, tarmoqlar hamda axborot xavfsizligi boʻyicha xizmatlar koʻrsatildi.

„UZINFOCOM“ markazi davlat unitar korxonasi 2017-yil 29-avgustda „Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator UZINFOCOM“[3] ga aylantirildi hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishlash uchun Mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazildi.

2022-yil aprel oyida Urganch shahrida UZINFOCOMning Xorazm viloyati boʻyicha hududiy boʻlimi ochildi.

2022-yil may oyida Farg‘ona shahrida UZINFOCOMning Farg‘ona viloyati boʻyicha hududiy boʻlimi ochildi.

  • 2002—2005-yillar — Xadjaev Alisher Djuraqulovich
  • 2005—2013-yillar — Rahimov Djalolatdin Kamiljanovich
  • 2013—2015-yillar — Djurayev Ibroxim Djurayevich[4]
  • 2015—2016-yillar — Saidaliyev Gʻayratxoʻja Gafarxoʻjayevich[5]
  • 2016—2017-yillar — Isayev Xusan Nurullayevich[6]
  • 2017-yil — Muxitdinov Aziz Hakimovich (vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi)[7]
  • 2018-yil — Tagaliyev Ulugʻbek Abdunabiyevich (vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi)[8]
  • 2018-yil — Ugay Aleksandr Fedorovich
  • 2018-yil — Poʻlatov Farrux Jaxongirovich
  • 2018—2019-yillar — Rahimov Djalolatdin Kamiljanovich[9]
  • 2019-yil 5-iyul — hozirgi kun - Gimranov Emil Ildarovich[10]

Respublikamizdagi asosiy tashkilotlarning ilk veb-saytlari UZINFOCOM mutaxassislari tomonidan yozilgan.

2009-yilda UZINFOCOM mamlakatdagi birinchi maʼlumotlarni qayta ishlash markazi (DPC) operatori boʻldi (dc.uz).

Shuningdek, UZINFOCOM Oʻzbekiston Respublikasi „Elektron hukumat“ tizimining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining texnik operatori boʻlib, „my.gov.uz“ interaktiv davlat xizmatlari Yagona portali (YPXIS), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi (pm.gov.uz), meningfikrim.uz jamoatchilik fikri portali faoliyatini ta’minlaydi.

2017-yil 29-avgustda UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratorga[11] aylantirildi hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishlash uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi PQ-4321-son qarori[12] bilan UZINFOCOM ning davlat ulushi UMS kompaniyasiga oʻtkazildi.

2022-yilda UZINFOCOM jamoasi Linux yadrosi asosida Xinux operatsion tizimini ishlab chiqishni boshladi[13].

Xalqaro hamkorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yil 18-oktyabrda UZINFOCOM ICANN bilan shartnoma imzoladi va .UZ[14] TLD maʼmuri boʻldi.

2022-yil iyun oyida Qirgʻizistonning SE Infocom kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi[15][16].

  1. Tizimdagi tashkilotlar
  2. „PF-3080-son. 30.05.2002. KOMPYUTERLASHTIRISHNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. 30-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „PQ-4321-son 18.05.2019. RAQAMLI IQTISODIYOT VA “ELEKTRON HUKUMAT” TIZIMI INFRATUZILMALARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Джураев Иброхим Джураевич
  5. Гайратходжа Сайдалиев утвержден на должность директора Центра UZINFOCOM
  6. Центр UZINFOCOM возглавил Хусан Исаев[sayt ishlamaydi]
  7. В Центре UZINFOCOM сменилось руководство[sayt ishlamaydi]
  8. У центра Uzinfocom новый директор[sayt ishlamaydi]
  9. Джалолатдин Рахимов возглавил UZINFOCOM[sayt ishlamaydi]
  10. Назначен генеральный директор UZINFOCOM
  11. ПП-4321-сон 18.05.2019. О мерах по дальнейшему совершенствованию инфраструктуры цифровой экономики и системы «Электронное правительство»
  12. О мерах по дальнейшему совершенствованию инфраструктуры цифровой экономики и системы «Электронное правительство»
  13. „UZINFOCOM jamoasidan yangi XINUX dasturiy ta’minotni tarqatish shakli operatsion tizimining chiqarilishi - ccTLD.uz“ (oʻzbekcha). cctld.uz. Qaraldi: 30-avgust 2022-yil.
  14. ICANN. „ccTLD Sponsorship Agreement (.uz)“ (inglizcha). 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-may.
  15. Татьяна КУДРЯВЦЕВА. „IT-госкомпании Кыргызстана и Узбекистана заключили меморандум о сотрудничестве -“ (ru-RU). 24.kg (20-iyun 2022-yil). Qaraldi: 6-iyul 2022-yil.
  16. Экономика, Политика, Общество, Президент, Парламент, Кабмин. „IT-госкомпании Кыргызстана и Узбекистана заключили меморандум о сотрудничестве“ (ruscha). Новости Кыргызстана - КНИА «Кабар». Qaraldi: 6-iyul 2022-yil.