Axun bobo maqbarasi
Axun bobo maqbarasi — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti, diqqatga sazovor joy. Obyekt davri: XIX asr. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Chimboy tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Taza jol“ OFY, Axun baba qabristonida. Davlat mulki (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida). Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1][2].
Unda uch yuz yilga yaqin vaqtni oʻz ichiga olgan qabr boshlarida barpo qilingan oddiy sariq belgilardan maqbaralargacha qurilishlarni uchratish mumkin. Bularning barchasi markaziy oʻrinda joylashgan Axun bobo maqbarasi atrofida oʻrnashgan. Maqbara qurilish materiallari va arxitektura tuzilishi uning XVIII asrlarda qurilganligidan dalolat beradi. Tarixiy maʼlumotlarda va xalq orasidagi afsonalarda dastlab qurilish masjid vazifasini bajarib, Axun bobo dunyodan oʻtgandan keyin unga oʻz nomi berilgan. Vaqt oʻtishi bilan madaniy qatlamning yuzga chiqishi maqbaraning sagʻana joylashgan bir qismi yer ostida qolib ketgan. 1856-1865-yillardagi maʼlumotlarda Kegeyli kanali bilan savdo kemalari Axun bobo aholi punktiga kelganligi maʼlum. Oʻsha vaqtlarda Axun bobo eshon aholi manzilida 37 xonadan boʻlgan. Bu yerda XIX asrda yashagan taniqli Qipshaq Erejep (tentak) Qulshi ogʻli, Abdirasul jirov Tureke oʻgʻli, Buxoro madrasasini tamomlagan Abu oxun, uning oʻgʻli Qalandar oxun, nevarasi Begdulla oxun, qoraqalpoqning jirov baxshilari, ulamo va pirlari, yurtboshilari, botirlari dafn etilgan. Axun bobo ziyoratgohi bugungi kunda ziyoratchilarning koʻp keladigan maskanlaridan hisoblanadi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
- ↑ „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
- ↑ J. Hakimniyazov, I. Seytbaev, R. Ismetov. Qoraqalpogʻiston hududidagi ziyoratgohlar. «Bilim», 2023-yil.