Ayollar tengligi kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ayollar tengligi kuni (AQSh)dan yoʻnaltirildi)
Ayollar tengligi kuni
Ayollar tengligi kuni
House Bill. 1-bet.
Nishonlovchilar AQSh
Turi Tarixiy
Ahamiyati Ayollarga saylov huquqini bergan XIX tuzatishni nishonlash kuni
Sana 26-avgust
Nensi Pelosi, Anna Eshu, Barbara Li va Jeki Shpeyer Konstitutsiyaga kiritilgan 19-tuzatishning 96 yilligi munosabati bilan nutq soʻzlamoqdalar.

Xotin-qizlar tengligi kuniAmerika Qoʻshma Shtatlarida 1920-yilda shtatlar va federal hukumatga ayol jinsli fuqarolarga ovoz berish huquqini rad etishni taqiqlovchi, Konstitutsiyaga oʻn toʻqqizinchi tuzatish (XIX tuzatish) qabul qilinganligi munosabati bilan 26-avgust kuni nishonlanadi. Mazkur kun birinchi marta 1971-yilda nishonlangan. 1973-yilda Kongress tomonidan belgilangan va endilkda har yili Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti tomonidan eʼlon qilinadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu sana 1920-yilda Davlat kotibi Bainbridge Colby amerikalik ayollarga konstitutsiyaviy ovoz berish huquqini beruvchi deklaratsiyani imzolagan kunni nishonlash uchun tanlangan[1]. 1971-yilda, 1970-yilda boʻlib oʻtgan ayollarning tenglik uchun milliy ish tashlashidan soʻng[2] va yana 1973-yilda Teng huquqlarga tuzatishlar uchun kurashlar davom etar ekan, Nyu-Yorklik kongressmen Bella Abzug 26-avgustni Ayollar tengligi kuni deb belgilash toʻgʻrisida rezolyutsiyani taqdim etdi.

1972-yilda Prezident Richard Nikson 1972-yil 26-avgustni „Ayollar huquqlari kuni“ deb belgilagan 4147-sonli deklaratsiyani eʼlon qildi[3]. 1973-yil 16-avgustda Kongress HJ Res. 52-sonli qarorda 26-avgust ayollar tengligi kuni sifatida belgilanishi va „Prezidentga 1920-yilda Amerikada ayollarga birinchi marta ovoz berish huquqi kafolatlangan oʻsha kunni nishonlash uchun eʼlon chiqarishga vakolat berilgan“ligi belgilangan[4]. Oʻsha kuni Prezident Nikson Ayollar tengligi kuni uchun 4236-sonli deklaratsiyani eʼlon qildi, u qisman shunday boshlandi: „Ayollarning saylov huquqi uchun kurash ayollarning xalqimiz hayotida toʻliq va teng ishtirok etishi uchun birinchi qadam edi. Soʻnggi yillarda biz qonunlarimiz orqali jinsiy kamsitishlarga qarshi kurashish va ayollar uchun teng iqtisodiy imkoniyatlarni yaratish uchun yangi yoʻllarni ochish orqali boshqa ulkan yutuqlarga erishdik. Bugungi kunda jamiyatimizning deyarli barcha sohalarida ayollar Amerika hayoti sifatiga muhim hissa qoʻshmoqda. Va shunga qaramay, hali qilinishi kerak boʻlgan koʻp narsa bor“[5].

2021-yil holatiga koʻra Richard Nikson prezidentlik davridan beri har bir prezident har yili 26-avgustni Ayollar tengligi kuni deb eʼlon qiladi[6].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollarni sharaflaydigan boshqa bayramlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rosa Parks kuni (4-fevral / 1-dekabr)
  • Milliy qizlar va ayollar sporti kuni (fevral oyining birinchi haftasining bir kuni)
  • Syuzan B. Entoni kuni (15-fevral)
  • Xalqaro xotin-qizlar kuni (8-mart)
  • Harriet Tubman kuni (10-mart)
  • Helen Keller kuni (27-iyun)
  • Janubiy Afrikada Milliy Xotin-qizlar kuni (9-avgust)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gustafson. „"Women's Equality Day"“. We're History (26-avgust 2016-yil).
  2. „Womenʼs Equality Day“, Click! The Ongoing Feminist Revolution
  3. „Proclamation 4147—Women's Rights Day“.
  4. Text of Public Law 93-105, authorizing the designation of Womenʼs Equality Day (pdf). August 16, 1973.
  5. 1973 Proclamation by President Nixon, The American Presidency Project.
  6. Search page, „Equality Day“, The American Presidency Project.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻn yilliklar boʻyicha Prezidentning Ayollar tengligi kuni eʼlonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

19-tuzatish[tahrir | manbasini tahrirlash]