Ayrton Lucas
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ayrton Lucas Dantas de Medeiros[1] | ||
Tavallud sanasi | 19-iyun 1997-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Carnaúba dos Dantas, Braziliya[1] | ||
Boʻyi | 1.80 m[2] | ||
Ampluasi | himoyachi[1] | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Flamengo | ||
Raqami | 26 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2012—2014 | ABC | ||
2014—2015 | Fluminense | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015—2018 | Fluminense | 34 | (0) |
2016 | → Madureira (ijara) | 9 | (0) |
2017 | → Londrina (ijara) | 33 | (2) |
2018— | Spartak Moscow | 88 | (3) |
2022— | → Flamengo (ijara) | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2016 | Braziliya U20 | 3 | (0) |
2019 | Braziliya U23 | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 19-mart uchun) |
Ayrton Lucas Dantas de Medeiros (talaffuzi: Ayrton Lukas Dantas de Mederos; 1997-yil 19-iyunda tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, Moskvaning „Spartak“ klubi himoyachisi, „Flamengo“ futbol klubida ijara asosida o‘ynaydi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayrton Rio Grande do Norte shtatidagi Serido sharqiy qismida joylashgan Karnauba dos Dantas hududida tugʻilgan. U oʻz faoliyatini „Karnauba dos Dantas“ maktabining futbol jamoasida boshlagan. 13 yoshida u Natal shahridagi „ABS“ futbol klubi akademiyasiga borgan. Ammo uning ota-onasi Ayrtonni u yerga olib borishni xohlashmagan. Ular futbol akademiyasining yotoqxonalarida toʻshak yoʻqligi va yashash uchun boshqa imkoniyatlarning ham yetishmasligini aytishgan. Keyin Natalda yashovchi Lucas ismli bir keksa odam ularga yordam bergan. U klub rahbariyati bilan gaplashgan va oxir-oqibat Ayrton uchun yotoqxonadan karavot topib bergan. Avvaliga yosh futbolchi oilasiz qiynalgan. Biroz vaqt oʻtgach, u turnirlarda ishtirok etish uchun Rio-de-Janeyroga borgan. U yerda Ayrton klub rahbariyati eʼtiboriga tushib, darhol „ABS“ futbol klubining asosiy jamoasidan joy olgan[3]. Lucasning klubdagi minimal maoshi, taxminan 700-720 real boʻlgan. U „ABS“ futbol klubi tarkibida oʻynaganida, Ayrtonning agenti boʻlmagan. Keyinchalik u agent Karlos Leyte bilan shartnoma imzolagan. Hamda futbolchi bir necha kundan soʻng yangi agentining harakatlari natijasida „Fluminense“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan.
2015-yil 18-oktyabrda „Cruzeiro Esporte“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (0:2) Braziliya A Seriyasida debyut qilgan[4]. Futbolchi „Londrina“ futbol klubiga ijaraga berilgach, Ayrton bu klubning asosiy chap qanot himoyachisiga aylangan. Shuningdek, u barcha musobaqalarda „Fluminense“ futbol klubi tarkibida jami 58 ta oʻyin oʻtkazdi.
2016-yil boshida Lucas oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Joe Madureira“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi. 24-fevral kuni Karioka ligasi doirasida „Macaé“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa safida debyut qilgan[5]. Hammasi boʻlib u „Joe Madureira“ futbol klubi safida 9 ta oʻyin oʻtkazgan. Ijara muddati tugagach, futbolchi „Fluminense“ futbol klubiga qaytgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Braziliya yoshlar terma jamoasi safida oʻynashi uchun yetarli tajribaga ega deb hisoblangan. Shu tariqa, 2016-yil aprel oyida Ayrton bosh murabbiy Rojerio Mykale tomonidan 2016-yilning 18-mayidan 22-mayiga qadar bo‘lib o‘tgan Suvondagi turnirda ishtirok etish uchun yig‘inga chaqirilgan. Yoshlar jamoasi safida 3 ta oʻyin oʻtkazgan.
2019-yil 25-oktyabrda Ayrton birinchi marta Braziliya olimpiya terma jamoasiga chaqirilgan[6]. 2019-yil 17-noyabr kuni u Braziliya olimpiya terma jamoasi safida debyut qilgan va Argentina olimpiya terma jamoasiga qarshi Birlashgan xalqaro futbol festivali turniri final uchrashuvining 65-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan[7].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Fluminense F. C. Braziliya | 2015 | 4 | 0 | 0 | 0 | ― | 0 | 0 | 4 | 0 | |
Madureira E. C. Braziliya | 2016 | ― | 0 | 0 | ― | 9 | 0 | 9 | 0 | ||
Jami | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 9 | 0 | 9 | 0 | |
Fluminense F. C. Braziliya | 2016 | 2 | 0 | 0 | 0 | ― | 1 | 0 | 3 | 0 | |
Londrina E. C. Braziliya | 2017 | 33 | 2 | 0 | 0 | ― | 20 | 1 | 53 | 3 | |
Jami | 33 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 20 | 1 | 53 | 3 | |
Fluminense F. C. Braziliya | 2018 | 28 | 0 | 2 | 0 | 10 | 0 | 11 | 0 | 51 | 0 |
Jami | 34 | 0 | 2 | 0 | 10 | 0 | 12 | 0 | 58 | 0 | |
Spartak Rossiya | 2018—2019 | 13 | 0 | 1 | 0 | ― | ― | 14 | 0 | ||
2019—2020 | 27 | 0 | 4 | 0 | 4 | 0 | ― | 35 | 0 | ||
2020—2021 | 27 | 2 | 2 | 1 | ― | ― | 29 | 3 | |||
2021—2022 | 21 | 1 | 1 | 0 | 8 | 0 | ― | 30 | 1 | ||
Jami | 88 | 3 | 8 | 1 | 12 | 0 | 0 | 0 | 108 | 4 | |
C. R. Flamengo Braziliya | 2022 | 31 | 2 | 4 | 0 | 6 | 0 | ― | 41 | 2 | |
Jami | 31 | 2 | 4 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 41 | 2 | |
Umumiy faoliyatida | 186 | 7 | 14 | 1 | 28 | 0 | 41 | 1 | 269 | 9 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Ayrton Lucas“. Fluminense FC. 2018-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-may.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedSW
- ↑ „«Вооруженные бандиты напали на дом. Я спрятался под кровать». Айртон — о Бразилии, Кононове и Флэше“. sport24.ru (2019-yil 13-may). 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-may.
- ↑ „Крузейро VS. Флуминенсе 2:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 18-oktyabr). 2018-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-noyabr.
- ↑ „Мадурейра VS. Макаэ 1:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 24-fevral). 2018-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-noyabr.
- ↑ „Айртон получил вызов в олимпийскую сборную Бразилии“. https://www.championat.com. «Чемпионат» (2019-yil 25-oktyabr). 2019-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Понсе обыграл Айртона в финале международного турнира“. https://www.spartak.com. «Спартак» (2019-yil 18-noyabr). 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-noyabr.