Ayyub ibn Sharhabil
Ayyub ibn Sharhabil arabcha: أيوب بن شرحبيل | |
---|---|
Misr hokimi | |
Mansab davri 717 – 720 | |
Hukmdor | Umar ibn Abdulaziz |
Oʻtmishdoshi | Abdulmalik ibn Rifoʼa al-Fahmiy |
Vorisi | Bishr ibn Safvon al-Kalbiy |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Otasi | Shurahbil |
Ayyub ibn Sharhabil (arabcha: أيوب بن شرحبيل) – Umaviylar xalifasi Umar II hukmronligi davrida (717—720) Misr hokimi.
Umar ibn Abdulaziz 717-yilda taxtga oʻtirganch, oʻz maslahatchilaridan Misrdagi koʻchmanchi arablar (jund) orasida viloyat hokimligi uchun eng munosib kishilarni aytishlarini soʻradi. Ularning orasidan saralangan ikki kishidan biri Ayyub ibn Sharhabil boʻlib, keyinchalik viloyat hokimligiga tayinlandi. Uning hokimiyat davri xalifa Umarning musulmonlarni qoʻllab-quvvatlash va xalifalik boʻylab islomning tarqalishiga qaratilgan islohotlari bilan ajralib turdi. Garchi xalifalik boʻylab xristian cherkovi va monastirlarning imtiyozlari taʼqiqlab qoʻyilmagan boʻlsa-da, nasroniy qishloq boshliqlari oʻrniga musulmonlar tayinlandi, vino savdosi taʼqiqlandi, jizya soligʻi kuchga kirdi, islomni qabul qilish uchun bosim kuchaydi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kennedy, Hugh „Egypt as a province in the Islamic caliphate, 641–868“, . Cambridge History of Egypt, Volume One: Islamic Egypt, 640–1517. Cambridge: Cambridge University Press, 1998 — 62–85-bet. ISBN 0-521-47137-0.
Oʻtmishdoshi: Abdulmalik ibn Rifoʼa al-Fahmiy |
Misr hokimi 717–720 |
Vorisi: Bishr ibn Safvon al-Kalbiy |