Azamat Saidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Azamat Ismoilovich Saidov
Tavalludi 29-iyun 1980-yil (1980-06-29) (43 yosh)
Narpay tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi psixolog
Sohasi psixologiya
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Ilmiy darajasi psixologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Azamat Ismoilovich Saidov (1980-yil 29-iyun, Narpay tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, psixologiya fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Azamat Saidov 1980-yil 29-iyun Narpay tumani Chingizkent qishlog‘ida tug‘ilgan[1]. 1997—2003-yillarda Samarqand davlat universiteti bakalavriat talabasi va magistranti, 2001—2022-yillarda Samarqand shahridagi oziq-ovqat kolleji psixologi, Samarqand qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji psixologi, O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti ilmiy tadqiqotchisi, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti pedagogika, psixologiya va o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi mudiri, pedagogika fakulteti dekani, Buxoro davlat universitetining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori, Samarqand davlat chet tillar instituti taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi, fakultetlararo pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri vazifasida ishlagan., 2022-yildan Samarqand davlat chet tillar instituti magistratura bo‘limi boshlig‘i. 1 ta monografiya, 5 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1]. 2022-yilda „Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya“ ixtisosligidan psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 
  2.  SamDChTI axborot xizmati(oʻzb.) Telegram mesenjerida

Andoza:OʻTOE