Kontent qismiga oʻtish

Aziz Ogan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aziz Ogan
Tavalludi 1888-yil
Usmonli Imperiyasi Istanbul
Vafoti 1956-yil (68 yoshida)
Turkiya Istanbul
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi va Turkiya
Kasbi Arxeolog

Aziz Ogan (1888-1956-yillar) Turk arxeologi. U Turkiyaning birinchi arxeologlaridan biridir. Shuningdek Aziz Ogan Izmir arxeologiya muzeyiga asos solgan va Istanbul arxeologiya muzeyida direktor lavozimida ishlagan. U birinchi turk ayol arxeologi Jale İnanning otasi hamdir.

Aziz Ogan 1888-yil Turkiyaning Istanbul viloyatida tug‘ilgan. Uning otasi Edremit tumanining taniqli kishilaridan biri Xoji Ahmad Halil Zade Ahmad bo‘lgan[1].

1910-yilda Sanayi-i Nefise maktabining rassomchilik bo‘limini tamomlagan. Keyinchalik otasining yaqin do‘sti Usmon Hamdi Beyning tavsiyasi bilan arxeologiyaga qiziqib qolgan va Mecma-ı Asar-i Atika muzeyida ishlagan. Faoliyati davomida Aziz Bey Izmir, Manisa va Aydin viloyatlarida olib borilgan qazishmalarda qatnashgan.[2].

1914-yilda 1914 yilda Izmir Asar-ı Atika inspektori etib tayinlangan. Biroq safarbarlik e’lon qilinishi bilan zahiradago ofitser sifatida harbiy xizmatga chaqirilgan. Dastlab Gelibolu Jangi va Kavkaz Janglarida bo‘lgan Aziz Ogan keyinchalik Damashqqa yuborilgan. Armiyadagi xizmati davomida u turk armiyasida xizmat qilgan mashhur nemis arxeologi Teodor Wiegandning yordamchisi bo‘lgan.

1918-yil 8-avgustda armiyadagi xizmatini yakunlab Izmirga qaytib kelgan. Izmirning bosib olinishi sababli u Istanbulga ketgan. Izmir ozod qilingandan so‘ng 1992-yildan armiyaga qaytib xizmatni davom ettirgan.

1931-yilda Istanbul arxeologiya muzeyi bosh direktori etib tayinlangan va bu lavozimda 23 yil ishlagan. Bu yillar davomida u muzeydagi Mesopotamiya, Misr va Parfiya topilmalarini tasniflash, kimyo laboratoriyasi, fotografiya va haykaltaroshlik ustaxonalarini tashkil etish va Ayasofiyani muzeyga aylantirish faoliyatlari bilan shug‘ullangan. Istanbul arxeologiya muzeyining yog‘och tomini beton tomga almashtirish uning muzeyga qo‘shgan muhim hissalaridan biri bo‘lgan.

1933-yilda Yevropa muzeylarini ko‘zdan kechirish maqsadida Yevropaga sayohat qilgan. Bu sayohat davomida u Avstriya, Germaniya, Niderlandiya, Angliya, Fransiya va Italiyaning mashhur muzeylarini ziyorat qilgan. 1934-yilda Turkiyaga kelgan Shvetsiya valiahd shahzodasi Adolf Gustavga Bursa, Istanbul va Izmir safarlarida hamrohlik qilgan. Turk tarixi Jamiyati, Vena, Berlin, Praga, Finlandiya antik davr institutlari hamda Germaniyaning Mayns Fanlar akademiyasining a’zosi bo‘lgan. Fethiye masjidi, Istanbul devorlari va koshinli pavilion haqida maqolalar yozgan[3].


  1. „Mustafa İnan, Aziz Ogan, Arkitekt Dergisi, Cilt: 1953, Sayı: 263-264-265-266. 13-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-mart 2014-yil.
  2. „Who is Aziz Ogan“. www.boun.edu.tr. Boğaziçi University. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  3. „Aziz OGAN 1888 - 1956“. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.