Aziz Sancar
Aziz Sancar | |
---|---|
Tavalludi |
8-sentyabr 1946-yil |
Fuqaroligi |
Turkiya AQSh |
Millati | Turk |
Sohasi |
Biokimyo Molekulyar biologiya DNK tiklanishi |
Ish joylari |
Yale universiteti University of North Carolina at Chapel Hill |
Mukofotlari |
TÜBİTAK mukofoti Vehbi Koç mukofoti Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti |
Aziz Sancar (talaffuzi: Aziz Sanjar, 1946-yil 8-sentyabr, Savur, Mardin, Turkiya) — turk olimi hamda amerikalik biokimyogar. 2015-yilda kimyo boʻyicha Nobel mukofotini Tomas Lindal va Pol Modrich bilan birgalikda „DNKni taʼmirlash mexanizmlari boʻyicha tadqiqotlari“ uchun qoʻlga kiritgan[1].
AQSH Milliy Fanlar Akademiyasi aʼzosi (2005)[2].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U kambagʻal oilada sakkiz farzandning yettinchisi boʻlib tugʻilgan (ota-onasi maʼlumotsiz edi, lekin barcha bolalar oʻqigan)[3]. Uning katta akasi Kenan Sanjar Turkiya qurolli kuchlarining nafaqadagi brigada generali, amakivachchasi Mithat Sanjar esa turkiyalik huquq professori va kurdparast Xalq demokratik partiyasi deputati[4].
Istanbul universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan (1969). 1971-yilda AQShga koʻchib oʻtdi[5]. Dallasdagi Texas universitetida molekulyar biologiya boʻyicha magistratura va aspiranturani tamomlagan (MS, 1975; Ph. D., 1977)[6]. 1977—1982-yillarda Yel universitetida postdoktor ilmiy xodim bo‘lgan. 1982-yildan — Shimoliy Karolinadagi Chapel Hill universitetida (1988-yildan professor) faoliyat olib borgan.
Xotini: biokimyogar Gven Sancar (Boulz, inglizcha: Esta Gwendolyn Boles Sancar) ham Dallasdagi Texas universiteti bitiruvchisi va Chapel Xilldagi Shimoliy Karolina universiteti professori[7][8][9][10].
2018-yilda Aziz Sanjar Oʻzbekistonga tashrif buyurgan[11].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Faxriy diplomi (2021-yil 10-sentyabr) — Ozarbayjon Respublikasining xalqaro gumanitar aloqalarini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun[12].
- Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti (2015).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nobelevskaya premiya po ximii prisujdena za pochinku DNK // Lenta. Ru, 7 oktabrya 2015
- ↑ Aziz Sancar (ingl.)
- ↑ Nick Zagorski „Profile of Aziz Sancar“ (ONAS)
- ↑ „Turkish-American scientist among winners of 2015 Nobel Prize in Chemistry“. Today's Zaman. 2015-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-oktyabr.
- ↑ Aziz Sancar: biographical sketch
- ↑ „Curriculum Vitae: Aziz Sancar“. 2015-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr.
- ↑ Curriculum Vitae (1985): Gwendolyn B. Sancar[sayt ishlamaydi]
- ↑ „2009 Distinguished Alumni Award Recipients“. 2021-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr.
- ↑ American Chemical Society: Gwendolyn Boles Sancar (Arxivirovano 08.10.18)
- ↑ Erma Boles Obituary
- ↑ „Нобель мукофоти лауреати, таниқли олим Азиз Санжар Ўзбекистонга келди“. 2020-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
- ↑ Rasporyajenie Prezidenta Azerbaydjanskoy Respubliki O nagrajdenii A. Sandjara „Pochyotnim diplomom Prezidenta Azerbaydjanskoy Respubliki“
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nobel qoʻmitasi veb-saytida maʼlumot(ingl.) )