Kontent qismiga oʻtish

Gerhard Herzberg

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xersberg, (Herzberg) Gersberg Gerxard (1904—99) — kanadalik fizik-kimyogar va fizik. Kelib chiqishi nemis, 1935-yildan Kanadada. Darmshtat texnologiya institutini tugatgan (1928). Milliy tadqiqot markazida ishlagan (1949). Ilmiy ishlari atom va molekulyar spektroskopiya sohalariga doir. Koʻpgina molekulalar va erkin radikallarning spektrlarini tadqiq etgan, ularning elektron strukturasini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1971)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil