Kontent qismiga oʻtish

Aziza Umarova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aziza Farxadovna Umarova
Tavalludi 26-aprel 1982-yil (1982-04-26) (42 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Bakalavriat: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti
Magistratura: St Andrews universiteti
Kasbi iqtisodchi, siyosatshunos
Millati oʻzbek
Dini islom
Turmush oʻrtogʻi Hikmat Abdurahmanov
Bolalari 3 ta

Aziza Farxadovna Umarova – taniqli oʻzbek jamoatchilik faoli[1], davlat boshqaruvi sohasi mutaxassisi[2], iqtisodchi[3], bloger, tadbirkor[4]. Davlat boshqaruvida islohotlar va modernizatsiya, elektron hukumat, gender masalalari boʻyicha mutaxassis[5]. Hozirda Singapurning SMARTGOV.consulting kompaniyasi ijrochi direktori[6]. Chatham House eksperti. Ostona davlat xizmati markazi maslahat qoʻmitasi aʼzosi (Qozogʻiston). Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida turli masalalar boʻyicha oʻzining faol fuqarolik munosabatini bildirib boradi. 2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi huzurida Natijaga erishishni boshqarish (Delivery Unit) guruhi Loyiha ofisi rahbari.

Biografiyasi

Aziza Umarova 1982-yil 26-aprel Toshkentda ziyolilar oilasida tavallud topgan. Oilada 3 farzandning toʻngʻichi.

Aziza Umarova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetini va Buyuk Britaniyaning St Andrews universitetini bitirgan. Keyinchalik Xitoyning Guanchjousiga koʻchib oʻtgan[4]. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida dars bergan. Harvard universitetining taklif qilingan ilmiy xodimi (2022—2023).

Aziza Umarova BMT tizimida, davlat boshqaruvi islohotlari sohasida koʻp yillik tajribaga ega. U Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini BMT Taraqqiyot dasturining samarali boshqaruvi sohasida portfel menejeri sifatida boshlagan (2008—2016), soʻngra faoliyatini Singapurdagi BMT Taraqqiyot dasturining Global boshqaruv markazida davom ettirgan. 2015—2018-yillarda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Korruptsiyaga qarshi kurash tarmogʻining Istanbuldagi harakatlar rejasi ishida monitoring boʻyicha ekspert sifatida faol ishtirok etib, asosiy eʼtiborni korrupsiyaning oldini olish, davlat sektorida davlat xizmatining yaxlitligi va shaffofligi masalalariga qaratadi. Evroosiyo boʻyicha taklif qilingan muharir hamda Singapurda joylashgan Govinsider davlat sektoridagi innovatsion ommaviy axborot vositalarining sharhlovchisi sifatida faoliyat yuritadi (2017—2018). Bir qancha xalqaro nufuzli dasturlar va mukofotlar ishtirokchisi. U Xitoy, Avstriya va Singapurda yashab, professional faoliyatini yuritgan[7].

Aziza Umarova sertifikatlangan mustaqil direktor boʻlib, hozirda restrukturizasiyaga tayyorlanayotgan ikki davlat korxonasi: „Oʻzbekiston aeroportlari“ AJ va „Toshshahartransxizmat“ AJ (jamoat transporti) direktorlar kengashining mustaqil aʼzosi.

2023-yildan u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi huzurida Natijaga erishishni boshqarish (Delivery Unit) guruhi Loyiha ofisi rahbari vazifasida faoliyat yuritib kelyapti[8].

Aziza Umarova doimiy maʼruzachi va davlat boshqaruvi islohotlariga bagʻishlangan koʻplab maqolalarning muallifidir. Jumladan, Palgrave Macmillan nashriyotida chop etilgan „Evolyutsiya gosupravleniya v 15 postsovetskix stranax: raznoobrazie transformatsii“ nomli kitobning Oʻzbekiston bobi muallifi[9].

Turmush oʻrtogʻi taniqli tadbirkor Hikmat Abdurahmanov[4].

Manbalar

  1. „Aslida unday emas: Ayollarning oʻzbek jamiyatidagi roli haqidagi uchta notoʻgʻri qarash“. Kun.uz (2021-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  2. „«Uchta ta'lim vazirligi birlashtirilsa, sohada moliyaviy qiyinchiliklar kamayardi» - Aziza Umarova ta'limdagi kamchiliklar haqida“. Kun.uz (2021-yil 16-aprel). Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  3. „Oʻzbekistonga zudlik bilan kislorod konsentratorlari kerak - iqtisodchi hammani birlashishga chaqirdi“. Kun.uz (2020-yil 18-iyul). Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Tadbirkorlar juftligi: Xitoy, omadsiz aviakassa va vazirlikdagi ishdan ketish“. Kun.uz (2017-yil 20-avgust). Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  5. „Ta'lim, monopoliya, ayol siyosatchilar va Singapur tajribasi - Aziza Umarova bilan suhbat“. Kun.uz (2020-yil 4-may). Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  6. „«Toʻrtinchi sanoat inqilobi boshlanganini inobatga olish zarur» – Aziza Umarova islohotlarni davom ettirish haqida“. Kun.uz (2019-yil 28-avgust). Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  7. „Smartgov.consulting“. Smartgov.consulting. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  8. „«Delivery Unit»: проект с акцентом на социальные реформы“. Asr.gov.uz. Qaraldi: 2023-yil 13-sentyabr.
  9. „Поздравляем с выходом в свет уникального издания «Эволюция госуправления в 15 постсоветских странах: разнообразие трансформации» в издательстве Palgrave Macmillan!“. Astanacivilservicehub.org (2022-yil 11-fevral). Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.