Azizjon Komilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Azizjon Komilov
Tavalludi 19-iyun 1984-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Azizjon Komilov (1984-yil 19-iyun, Toshkent) – Oʻzbekiston sport maʼmuri, 2018-yilda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi[1] prezidenti etib saylangan, 2019-yildan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda[2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Azizjon Komilov 1984-yil 19-iyun kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 2004-yilda 103-maktabni, soʻngra Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Kasbi huquqshunos. 2018-yilda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasiga raislik lavozimini egallab, sportdagi faoliyatini rahbar sifatida boshlagan[3][4][5].

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Azizjon 2001–2007-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida tahsil olgan. 2006–2007-yillarda ALM-Feldmans yuridik byurosida huquqshunos lavozimida ishlagan. 2008–2009-yillar AJ „KPMG“ audit kompaniyasi, Moskvadagi vakolatxonasi yetakchi mutaxassisi boʻlgan.

2009–2013-yillarda „Shanghai Epay Info Tech Co., Ltd“ tijorat direktori, boshqaruv kengashi aʼzosi boʻlgan va 2014–2017-yillarda „New Field Inc“ bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Komilov 2018-yildan hozirgi kungacha „Baykal“ning asoschisi va Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi.

2019-yildan hozirgi kungacha – Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti (rais oʻrinbosari) lavozimida faoliyat yuritgan[6].

Azizjon Yakubjanovich mamlakatimizning dzyudo federatsiyasidagi faoliyati davomida oʻzbek dzyudosini rivojlantirishga qaratilgan koʻplab istiqbolli loyihalarni amalga oshirgan. Xususan, 2019-yilda poytaxtimizdagi koʻp funksiyali „Humo Arena“ majmuasida Granpri turniri boʻlib oʻtgan boʻlsa, 2022-yilda mamlakatimiz tarixida ilk bor Toshkent shahrida kattalar oʻrtasida dzyudo boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Azizjon Yakubjanovich tashabbusi bilan bugungi kunda Oʻzbekiston dzyudo boʻyicha terma jamoasini afsonaviy jahon vakili, Afina-2004 Olimpiya oʻyinlari chempioni Ilias Iliadis boshqarmoqda va bunga javoban oʻzbek dzyudochilari nufuzli musobaqalarda salmoqli natijalarga erishmoqda. Uning rahbarligi davrida Toshkentda ilk bor „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi turnir oʻtkazilgan. Turnirda jamoa Olimpiada oʻyinlariga qoʻlga kiritilgan litsenziyalar soni boʻyicha rekordni yangilashga muvaffaq boʻlgan[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Азиз Камилов назначен председателем Федерации дзюдо Узбекистана“ (ru). UzReport.news. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  2. Group, Online Service „Поздравляем заместителя председателя НОК Азизжона Камилова!“. www.olympic.uz. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  3. Group, Online Service „Поздравляем заместителя председателя НОК Азизжона Камилова!“. olympic.uz. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  4. „UJF“. judo.uz. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  5. „Заместитель председателя НОК Узбекистана Азизжон Камилов в рамках рабочей поездки посетил Самарканд | UZBEKISTAN TENNIS FEDERATION“. tennis.uz. 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  6. vika „Председателем федерации дзюдо назначен юрист Азиз Камилов“ (ru-RU). Новости Узбекистана сегодня: nuz.uz (0001-yil 30-noyabr). 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  7. „Поздравляем заместителя председателя НОК Азизжона Камилова!“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.