Kontent qismiga oʻtish

Azov-Don tijorat banki binosi (Vladikavkaz)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Azov-Don tijorat banki binosi — Shimoliy Osetiya, Vladikavkaz shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Rossiyaning tasdiqlangan madaniy meros obyekti. U shaharning tarixiy markazi, Lenin koʻchasi 69 (71)-uy, Kirov kochasi 46-uy va Petrovskiy koʻchasi 9-uy chorrahasida joylashgan.

Vladikavkaz sharidagi birinchi bank binosi[1].

1890-yillarda Vladikavkazda Azov-Don tijorat banki shoxobchasi ochilgan. U Loris-Melikovskaya va Krepostnaya koʻchalari burchagidagi binoning ikkinchi qavatida joylashgan edi[2]. 1900-yillar boshlarida bank faoliyati uchun kengroq bino qurish zarurat paydo boʻlgan.

Bino 1902-yili meʼmor-muhandis Tomashevskiy loyihasi asosida qurilgan. U amaliyot xonasiga ega boʻlgan birinchi shahar banklaridan biriga aylangan[2]. Binoda, shuningdek, Rossiya birinchi yongʻin sugʻurta kompaniyasi filiali joylashgan edi[3].

1930-1968-yillarda bu binoda Respublika Pionerlar uyi joylashgan. Hozirda binoda Taʼlim xodimlarining malakasini oshirish instituti oʻquv binosi joylashgan[1].

Meʼmorchilik

Art Nouveau — modern meʼmoriy uslubi XX asr boshlarida Vladikavkazda mashhur boʻlganiga qaramay, bino klassitsizm uslubida barpo qilingan. Bino yertoʻlasi yirik shaklda rustiklashtirilgan, derazalar ustida sandriklar oʻrnatilgan. Binoning butun fasadi katta qirrali rivojlangan klassik korinish bilan qoplangan. Binoning tomida ikkita nosimmetrik joylashgan tepalar mavjud.

  1. 1,0 1,1 Торчинов 1999.
  2. 2,0 2,1 Цаллагов 2008.
  3. Киреев 2014.
  • Киреев Ф. С. „Ленина — Лорис-Меликовская“, . По улицам Владикавказа, 2-е изд., доп. и перераб, Владикавказ: Респект, 2014. ISBN 978-5-905066-18-4. 
  • Торчинов В. А.. Владикавказ : Краткий историко-краеведческий справочник. Владикавказ: Северо-Осетинский научный центр, 1999 — 134-bet. ISBN 5-93000-005-0. 
  • Цаллагов С. Ф.. Владикавказ — летопись в камне. Владикавказ: Веста, 2008.