BT-SV
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
BT-SV | |
---|---|
4 oʻrinli | |
Turi | Yengil tank |
Ishlab chiqarilish tarixi | |
Islab chiqaruvchi | SSSR |
Islab chiqarilgan yillari | 1937 |
Variantlari | 1 |
Yuritkich quvvati, ot kuchi | 500 |
BT-SV (ruscha: Bistroxodniy Tank "Stalin-Voroshilov) 1936-yilda sovet muhandisi Tsiganov BT-7 asosida yaratilgan yuqori tezlikda (BT) harakatlana oladigan yengil tank.
Dizayni oʻsha paytda ishlab chiqilayotgan T-34 ga oʻxshash zirhni va BT-7 bilan bir xil transmissiyani oʻz ichiga olishi kerak edi. Qurol taxminan 15°-58° burchak ostida harakatlana olar edi. Himoya tizimi esa tankni 45 mm oʻqlardan himoya qilishi mumkin edi. Faqat ikkita prototip ishlab chiqilgan, ikkalasi ham dala sinovini oʻtkazgan. Ushbu tankm hech qachon ommaviy ishlab chiqarilmagan, sababi, zavodlar T-34 tanklarini sonini yana ishirishga qaratilgan edi. Dizayner Tsiganov 1938-yilda hibsga olinganida, ushbu loyihadagi barcha ishlar toʻxtatildi.
Kompyuter oʻyinlarida
[tahrir | manbasini tahrirlash]BT-SV World of Tanks kompyuter oʻyinida sovgʻa sifatida taqdim etilgan (oʻyinning qutidagi nashrini sotib olish mumkin) 3-darajali yengil tank. Oʻyinda jangovor ogʻirligi 13,1 tonna boʻlgan oʻq oʻtkazmaydigan zirhli variant mavjud. Shuningdek, telefonlar uchun oʻxshash oʻyinda World of Tanks Blitz barcha oʻyinchilarga Yangi yil sovgʻasi sifatida berildi — 3-darajali kollektsiyali tank.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Darkhead. БТ-СВ-2 «Черепаха» (Wayback Machine saytida 2018-05-27 sanasida arxivlangan). AviArmor.