Kontent qismiga oʻtish

Badaxshiy Abdusamad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Badaxshiy Abdusamad (Badaxshon – 895-hijriy-qamariy/1490-milodiy, Koʻhiston) – fors-tojik shoiri. Badaxshon va Hirotda tahsil olgan. Xattotlik bilan ham shugʻullangan. Sulton Abusaid Badaxshonni zabt etganida uni oʻzi bilan Hirotga olib kelib, saltanatiga bogʻliq tarixni nazmga solishni buyuradi. Alisher Navoiy uning masnaviy yozish borasidagi mahoratiga taʼrif beradi. “Majolis un-nafois”ning 2-majlisida Navoiy Badaxshiy bilan ilk tanishuvi chogʻida uning bir baytida qoʻllangan tajnisida xatoga yoʻl qoʻyganini koʻrsatgani, Badaxshiy esa bu tanqidni toʻgʻri qabul qilib, keyinchalik doʻst boʻlishganini qayd qiladi hamda forsiy bir baytini misol keltiradi[1][2].

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Majolis un-nafois”.