Baden maktabi
Qiyofa
Baden maktabi – XIX asr oxiri va XX asr boshidagi neokantchilik yoʻnalishi. Asosiy namoyandalari – V. Vindelband va G. Rikkert Baden yeri(Germaniya)dagi Freyburg va Xeydelberg universitetlarida dars bergan. Baden maktabi vakillari insoniyat madaniyati maʼnaviy qadriyatlar zamiriga qurilgan, degan gʻoyani olgʻa surdi. Tabiatshunoslik fanlarining uslubiyotini tarix fanlari uslubiyotiga qaramaqarshi qoʻydi. Tabiatshunoslikni tabiat hodisalarining takrorlanuvchi va umumiy qonuniyatlari haqidagi, tarixni taraqqiyotning alohida faktlari toʻgʻrisidagi fan, deb hisobladi.
Baden maktabi vakillari fanlarni predmetlariga qarab emas, balki tadqiq qilish uslubiyotiga qarab tasnif etgan, tarixning obyektiv qonuniyatlari mavjudligini rad qilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |