Kontent qismiga oʻtish

Baffin dengizi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Baffin dengizi, Baffin qoʻltigʻi – Shimoliy Muz okeanidagi yarim yopiq dengiz. Grenlandiya bilan Kanada Arktika arxipelagining sharqiy qirgʻoqlari oraligʻida. Atlantika okeani bilan Deyvis boʻgʻozi orqali tutashadi. Maydoni 530 ming km². Oʻrtacha chuq. 861 m, eng chuqur joyi 2414 m. Suvning ustki qatlamidagi temperatura yozda 4 – 5°, qishda –G. Shoʻrligi qishda 34‰, yozda 30 – 32‰. Baffin dengizi qishda suzib yuruvchi muzlar bilan qoplanadi. Yozda muzlar Baffin dengizining markaziy va gʻarbiy qismidagina qoladi. Asosiy baliqdari – beluxa, treska, seld. Dengiz ingliz qutb sayyohi U. Baffin nomi bilan atalgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil