Bagʻdod manifesti
Bagʻdod manifesti 1011-yilda Abbosiylar xalifasi al-Qodir nomidan raqib ismoiliy Fotimiylar xalifaligiga qarshi chiqarilgan munozarali traktat.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manifest Fotimiylar xalifaligi hududining xalifalik 10-asr boshida tashkil etilganidan beri doimiy ravishda kengayib borishi hamda Oʻrta Sharq boʻylab Fotimiylar tarafdorlari boʻlgan ismoiliy missionerlik harakatining (daʼvat) davom etayotgani natijasi boʻldi. 1010/11-yilda da’vat sezilarli muvaffaqiyatga erishdi. Abbosiylar poytaxti Bag‘dodga yaqin bo‘lgan Mosul, Mada’in, Kufa va boshqa shaharlarni boshqargan shia Uqayliylari Fotimiy xalifa al-Hakim nomiga xutba oʻqitib, uning hukmronligini ochiq tan olishdi. Tez orada Iroqda yashovchi Banu Asad qabilasi ham xuddi shunday yoʻl tutdi[1].
Fotimiylar taʼsirining Bagʻdod ostonasigacha yetib kelishi Abbosiy xalifa al-Qodirni xavotirga solib, bir qator qarshi harakatlarni boshlashga undadi. Oʻsha yili xalifa Uqayliy hukmdor Qirvoshni hujum qilish tahdid bilan qoʻrqitib, Abbosiylar oliy hokimiyatini qayta tan oldirishga erishdi[2].
Manifest
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shundan soʻng xalifa sunniy, oʻn ikki shia ulamolari va bir nechta nufuzli Aliylardan iborat kengash chaqirdi. Kengash Fotimiylarning Ali va Ahli Baytdan (Muhammadning oilasi) kelib chiqqani haqidagi daʼvolarini soxta deb qoralab, shu tariqa Fotimiylar sulolasining islom dunyosida yetakchilik qilish daʼvolari asosiga qarshilik bildirilgan manifest imzoladi[2][3].
Avvalgi Fotimiylar tanqidchilari Ibn Rizom va Axu Muhsinning asarlariga asoslangan holda manifestda sulola Daysan ibn Saiddan kelib chiqqani boʻyicha muqobil shajara taqdim etildi[4]. Hujjat Abbosiylar hududidagi masjidlar oʻqilishi buyurilib, al-Qodir bir qator dinshunoslarga Fotimiylarga qarshi risololalar yozishni topshirdi[2]. Manifest va uning imzolovchilari roʻyxati koʻplab oʻrta asr manbalarida qayta ishlangan boʻlib[5], XX asr boshlarida manbalar yetishmovchiligi tufayli manifest Fotimiylar sulolasining kelib chiqishi va ilk tarixi boʻyicha asosiy manba vazifasini bajargan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Daftary 2007, ss. 184–185.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Daftary 2007, s. 185.
- ↑ 3,0 3,1 Jiwa 2018, s. 22.
- ↑ Daftary 2007, ss. 101–102, 185.
- ↑ cf. Jiwa 2018, ss. 23–24
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Daftary, Farhad. The Ismāʿı̄lı̄s: Their History and Doctrines, Second, Cambridge: Cambridge University Press, 2007. ISBN 978-0-521-61636-2.
- Jiwa, Shainool „The Baghdad Manifesto (402/1011): A Re-examination of Fatimid-Abbasid Rivalry“, . The Fatimid Caliphate: Diversity of Traditions. London and New York: I.B.Tauris, in association with the Institute of Ismaili Studies, 2018 — 22–79-bet. ISBN 978-1-78831-133-5.