Kontent qismiga oʻtish

Bagam orollari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Bagama orollaridan yoʻnaltirildi)
Bagam orollari
Commonwealth of The Bahamas
ShiorForward upward onward together
Oldinga, Yuqoriga, Birgalikda Olgʻa
Madhiya: March On, Bahamaland
Location of Bagam orollari
Poytaxt Nassau
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Hamdoʻstlik
• Monarx
Charlz III
Artur Dion Hanna
Perri Kristi
Mustaqillik (Buyuk Britaniyadan)
• Sana
10-iyul 1973
Maydon
• Butun
13,940 km2 (160-oʻrin)
• Suv (%)
28
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
301,790 (177-oʻrin)
• Zichlik 21/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$5,696 mil. (154-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$18,874
Pul birligi Bagam Dollari (BSD)
Vaqt mintaqasi UTC−5
• Yoz (DST)
UTC−4
Qisqartma BF
Telefon prefiksi 1 242
Internet domeni .bs

Bagam orollari (Bahamas), Bagama Orollari Hamdoʻstligi (Commowealth of the Bahamas) – Mapkaziy Amerikadagi davlat. BMT a'zosi. Karib dengizida, Florida yarim orokning janubi-sharqida. 700 oroldan iborat Bagama arxipelagida joylashgan. Maydoni 13,9 ming km². Aholisi 284 ming kishi (1996). Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 16 kishi. Ularning 80% negrlar va duragaylar. Aholining 58% shaharlarda yashaydi. Mamlakat poytaxti Nassau shahri. Rasmiy tili – ingliz tili. Dindorlarning aksariyati protestantlar.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bagam orollarida – 1700 mm gacha yogʻin yogʻadi. Maydan oktyabr gacha yogʻingarchilik koʻp boʻladi. Tez-tez dovullar boʻlib turadi. Shoʻr koʻllar koʻp. Tuprogʻi laterit toifasiga oid. Doim koʻm-koʻk tikanli butalar, qaragʻay oʻrmonlar, sohilda kokos yongʻogʻi oʻsadi. Qushlar koʻp. Atrofdagi dengizlar baliqqa boy. Orollarda ohaktosh, tuz va argoniy qazib olinadi, neft konlari qidirilmoqda.

Bagam orollari tub joy aholisi indeyslar boʻlgan. 1492-yil X. Kolumb ekspeditsiyasi Yangi Dunyoga yetib kelib, arxipelagning sharqiy orollaridan biriga tushgan va uni ispanlar San-Salvador deb ataganlar. Bagama indeyslarining taqdiri fojiali boʻlgan. Ispanlar ularni Kuba va Espanolu (Gaiti)ga olib borib, ruda konlarida ishlatishgan. Ular shu yerlarda qirilib ketishgan. 1629-yil inglizlar orollarni bosib olganida bu yerda aholi yoʻq edi. 1782-yil Bagama yana ispanlar tomonidan bosib olindi. Ammo 1783-yildan u butunlay Angliya mustamlakasiga aylandi. 17–18-asrlarda koʻpgina inglizlar oʻzlarining negr qullari bilan birga bu yerga koʻchib keldilar va plantatsiya xoʻjaligini rivojlantira boshladilar. 19-asr oxirlaridan Bagamaga AQSH ishbilarmonlari kela boshladilar, lekin sarmoyani sarflaydigan ish topa olmadilar. 1946-yildan sayyohlar yopirilib kela boshladi, 50-yillar oxiriga kelib, ularning oqimi ayniqsa kuchaydi. Bagamalar AQSH va Yevropaning qishki oromgohi boʻlib qoldi. Bu yerda ulkan mehmonxonalar, koʻngilochar muassasalar qurildi. Soliq sohasidagi imtiyozlarga qiziqqan Amerika kompaniyalari sayyohlikni rivojlantirishga katta mablagʻ sarfladi. Keyinchalik koʻpgina xorijiy bank va firmalar oʻz ofislarini ochishdi. Bagamalar Gʻarbiy yarim sharning yirik moliyaviy markazi boʻlib qoldi. 1964-yilda Buyuk Britaniya Bagamalar ga ichki mustaqillik berishga majbur boʻldi. 1973-yilda Bagamalar mustaqil deb e’lon qilindi. Bagamalar 1973-yildan BMT a’zosi. Milliy bayrami 10-iyul – Mustaqillik kuni. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Ilgʻor liberal partiya, 1953-yilda tuzilgan; Erkin milliy harakat, 1972-yilda tuzilgan; Bagamalar Hamdoʻstligi kasaba uyushmalari kongressi.

Bagamalar – agrar mamlakat. Iqtisodiyotning asosi – plantatsiya dehqonchiligi. Bagamalar oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojning atigi 25% ni qondiradi. Apelsin, banan, ananas, mango, pomidor, bodring, shakarqamish, sizal yetishtiriladi. Qoʻy, qoramol, echki, choʻchqa, uy parrandasi boqiladi. Baliq, dengiz jonivorlari ovlanadi. Iqtisodiy faol aholining yarmidan koʻprogʻi sayyohlarga xizmat koʻrsatish bilan band. Katta Bagama o.dagi neftni qayta ishlash zavodi yiliga 25 mln. tonna neftni qayta ishlaydi. Bagama importining 85% ni xom neft tashkil etsa, eksportining 90% neft mahsulotlaridan iborat. Bagamalarda sement va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Asosiy dengiz porti – Nassau shahri Mamlakat doridarmon, sement, rom, tuz ham eksport qiladi; asbob-uskuna, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan sotib oladi. AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada kutubxonasi 6b-n tashqi savdo munosabatlari olib boradi. Pul birligi – Bagama dollari.

Bagamalarda "Nassau gardian" ("Nassau posboni", 1844-yildan), "Nassau deyli tribyun" ("Nassau minbari", 1903-yildan) gazetalari, "Ofishl gazett" ("Rasmiy gazeta") hukumat haftanomasi, "Behamian revyu megezin" ("Bagama sharhi", 1952-yildan) jurnal chiqadi. 1936-yilda radio va telekoʻrsatuvlar kompaniyasi tashkil etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil