Kontent qismiga oʻtish

Bahor (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bahor – Toharistondagi oʻrta asr shaharlaridan biri. Arab tarixchisi Qudoma ibn Jaʼfarning maʼlumotiga koʻra, Bahor shahri Xulmdan 7 farsax (45– 50 km) narida, choʻlda joylashgan. Bahorda suv faqat bir quduqdagina boʻlib, unga narvon bilan tushilgan. Samʼoniy (XII asr) Balx viloyatida Shobuxor qishlogʻini, Yoqut Hamaviy shu viloyatda Bahoriza qishlogʻini qayd etganlar, ularni B. bilan aynan bir deb hisoblash mumkin. „Bahor“ atamasi bu yerda islom dinidan avval vixara, yaʼni buddaviylar monastiri – ibodatxonasi boʻlganidan dalolat beradi. „Narvon bilan tushiladigan kuduq“, yaʼni sardoba boʻlgan. Atamalardan biri tarkibidagi „sho“ qadimgi „xsha“ – „podshoh“ soʻzidan, yaʼni „sho-hona vihara“ turgan yer. Ikkinchisida – „za“ qoʻshimchasi sugʻdcha „zay, zaya“ – „joy, oʻrin, yer“ maʼnosiga ega. Qiyos qiling: Toshkentda Novza mavzei – „yangi yer“ deganidir.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil