Kontent qismiga oʻtish

Balx

Koordinatalari: 36°45′29″N 66°53′53″E / 36.75806°N 66.89806°E / 36.75806; 66.89806
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Balx

بلخ
Βάχλο
shahar
Skyline of Balx
36°45′29″N 66°53′53″E / 36.75806°N 66.89806°E / 36.75806; 66.89806
Mamlakat Afgʻoniston
viloyat Balx viloyati
Hukumat
Ilk eslatilishi eramizdan avvalgi 2000—1500-yillar
Aholisi
 (2021-yil)
138 594 kishi
Vaqt mintaqasi UTC+4.30
Balx xaritada
Balx
Balx

Balx (dariycha: بلخ pashtucha, Balx; baqtriycha: Βάχλο, Báxlo; qadimgi yunoncha: Βάκτρα, Báktra) – Afgʻonistonning Balx viloyatidagi koʻhna shahar, viloyat markazi Mozori Sharifdan 20 km shimoli-gʻarbda hamda Oʻzbekiston chegarasi va Amudaryodan taxminan 74 km janubda joylashgan. Aholisi 138 594 kishi[1].

Balx tarixan zardushtiylik va buddaviylik dinlarining qadimiy maskani boʻlgan va Katta Xurosonning eng qadimiy tarixidan beri mavjud boʻlgan eng boy va yirik shaharlaridan biri boʻlgan. Shaharni forslar Zariaspa, qadimgi yunonlar Baqtra deb atagan, Baqtriya davlatining nomini ham shahar nomiga nisbat bergan. Yunonlar Zariaspa nomini ham ishlatgan[2]. Shahar Baqtriya yoki Toxaristonning markazi va poytaxti sifatida tanilgan. Marko Polo Balxni „olijanob va buyuk shahar“ deb taʼriflagan[3]. Balx hozirda asosan xarobalar uyumi boʻlib, mavsumiy oqadigan Balxobning oʻng qirgʻogʻidan taxminan 12 km (7.5 mi) uzoqlikda, taxminan 365 m (1,198 ft) balandlikda joylashgan.

Fransuz buddisti Aleksandra Devid-Nel Shambalani Balx bilan bogʻlab, uning nomining etimologiyasi sifatida forscha Sham-i-bala („koʻtarilgan sham“) soʻzini ham taklif qilgan[4]. G.Gurdjiyev va Jon Bennett ham xuddi shunday tarzda Shambala Shams-i-Balx, Baqtriya quyosh ibodatxonasidir, degan taxminlarni eʼlon qilgan[5].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balxning eski nomi Bami boʻlib, hind-skif Naga qirolichasi Bami sharafiga shunday atalgan[6]. Shaharning baqtriya tilidagi nomi βαχλο edi. Oʻrta fors yozuvlarida Baxl (oʻrta forscha: 𐭡𐭠𐭧𐭫) deb atalgan. Viloyat yoki mamlakat nomi qadimgi fors yozuvlarida (B.h.i 16; Dar Pers e.16; Nr. a.23) ham Bāxtri yoki Bakhtri (qadimgi forscha: 𐎲𐎠𐎧𐎫𐎼𐎡𐏁) shaklida uchraydi. Avestoda Bāxδi deb yozilgan. Bundan „Baqtriya“ uchun Bāxli, sanskritcha Bahlīka (shuningdek Balhika) oraliq shakli va koʻchirish orqali hozirgi forscha Balx, yaʼni Balx va armancha bahl kelib chiqqan[7].

Balxning oldingi nomi yoki shaharning bir qismi uchun nom sifatida ehtimol zardushtiylarning muhim olov ibodatxonasi Azar-i-Asp[8] nomidan yoki midiyacha „oltin rangli otlarga ega“ deb tarjima qilinuvchi *Ζaryāspa soʻzidan olingan[9] Ζαρίασπα nomi qoʻllangan.

Balxga nisbatan Umm ul-bilod (Shaharlar onasi) laqabi ham ishlatiladi[10].

Miloddan avvalgi 7- a.dan maʼlum. B. tarixda Umm ul-bilod (Shaharlar onasi) deb yuritilgan. Yunonlar uni Baqtra deb ataganlar. Mudofaa devori bilan oʻralgan Bolo Hisorda va undan jan.roqdagi Yangi Balxda B.ning eng qad. harobalari va turli topilmalar uchraydi. Kushonlar davrida va undan ilgari shahar maydoni Tepai Zargaron hisobiga kengayadi. Shahar qalʼasi Bolo Hisordan Yangi Balxga koʻchirilgan. Natijada Bolo Hisor, Tepai Zargaron va Yangi Balx hududlarini birlashtiruvchi shahar devori vujudga kelgan. Arxeologik qazishlar tufayli B.dan qad. devor va shahar arki devorlari topilgan. B. Axomaniylar davlatiga, undan keyin Aleksandr (Iskandar) saltanatiga qaram boʻlgan. Uning inqirozidan keyin. yangi tashkil topgan Yunon-Baqtriya podsholigining poytaxtiga aylangan (miloddan avvalgi 250 – 130-yillar). B. miloddan avvalgi 2- alan yuyechjilar, soʻngra Kushon podsholigi tarkibiga oʻtdi. Bu davrda B.da hunarmandchilik rivojlandi, Eron, Hindiston va Xitoy bilan savdo-sotiq olib borildi, pul zarb qilindi. Aholi zichligidan shahar tashqarisida uy-joylar qurildi. Natijada B. Sharq bilan Gʻarbni bogʻlab turgan „Buyuk ipak yoʻli“dagi yirik savdo shaharlaridan biriga aylandi.

711-yil arablar fath etgan. Gʻaznaviylar (962 – 1148-yil), gʻuriylar (1148 – 1206-yil) hukmronligi davrida B. Oʻrta Sharqning yirik shaharlaridan edi. Bu davrda hunarmandchilik mahallalari vujudga keldi. 1221-yil B.ni moʻgʻullar bosib olib vayron qilgan.

13 – 14- aprellarda Chigʻatoy ulusi tarkibida boʻldi. 1370-yildan boshlab Temur saltanati tarkibiga kirdi. Temuriylar, shayboniylar va ashtarxoniylar zamonida (15 – 18- a.lar) B. muhim viloyat hisoblangan.

Shayboniylardan Pirmuhammadxon (1546 – 1567-yil) va ashtarxoniylardan Nadr Muhammadxon (1611 – 42) noiblik qilgan zamonda ancha rivojlandi, katta ilmiy markazga aylandi, koʻplab tarixiy, jugʻrofiy va adabiy asarlar yaratiddi. Shahar bu vaqtda ikki qism: shahri darun (ichki shahar) va shahri berun (tashqi shahar) dan iborat boʻlgan. Shu yillarda qurilgan masjid, Madrasa, hammom, rasta va boshqa binolar saqlanib qolgan. 19- asrning 60- yillarida B. Afgʻoniston tarkibiga kirdi. B. atrofida Budda monastiri va stulalari (jumladan, 2- a.ga oid pishiq gʻisht bilan qoplangan ulkan „Tapa (tepa) Rustam“ stupasi) bor. U 54 x 54 m li murabba tarhli supa ustiga qurilgan boʻlib, diametri 43 m. Qadimiy shahar yodgorliklaridan Bolo Hisor qalʼasi saqlangan. Oʻrta ar shahridan ark, shahriston va ularning paxsa devorlari qolgan. 15- asr oxirida qurilgan Xoja Abu Porso masjidi va maqbarasi yaxshi saqlangan.[11][12][13][14][15]

Mashhur shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Abu Shakur Balxiy, 10-asrda yashagan fors shoiri;
  1. „Estimated Population of Afghanistan 2021-22“. National Statistic and Information Authority (NSIA) (2021-yil aprel). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
  2. „Stephanus of Byzantium, Ethnica, Z294.15“. 2019-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.
  3. „City of Balkh (antique Bactria)“. UNESCO World Heritage Centre. 2020-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-dekabr.
  4. David-Néel, A. Les Nouvelles littéraires;1954, p.1
  5. Bennett, J. G., Gurdjieff: Making a New World Bennett notes Idries Shah as the source of the suggestion.
  6. TOGAN, Z. V. (1970). "The Topography of Balkh Down to the Middle of the Seventeenth Century". Central Asiatic Journal 14 (4): 279. ISSN 0008-9192. https://www.jstor.org/stable/41926881. Qaraldi: 2021-05-01. Balx]]
  7. Daniel Coit Gilman; Harry Thurston Peck; Frank Moore Colby (1902), The New International Encyclopædia, 2-jild, Dodd, Mead & Co., 341-bet
  8. The Greeks in Bactria and India. William Woodthorpe Tarn. 1st Edition, 1938; 2nd Updated Edition, 1951. 3rd Edition, updated with a Preface and a new bibliography by Frank Lee Holt. Ares Publishers, Inc., Chicago. 1984. (1984), pp. 114–115 and n. 1.
  9. Tavernier, Jan (2007), Iranica in the Achaemenid Period (ca. 550–330 B.C.): Linguistic Study of Old Iranian Proper Names and Loanwords, Attested in Non-Iranian Texts, Peeters, 370-bet, ISBN 978-90-429-1833-7.
  10. „Balkh | Silk Roads Programme“. 2019-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-may.
  11. Muhammad Yusuf munshi, Mukimxanskaya istoriya, T., 1936;
  12. Hofiz Tanish Buxoriy, Abdullanoma, 1-jild, T., 1999;
  13. Gulbadan begim, Humoyunnoma, T., 1959;
  14. Pugachenkova G. A., Xalchayan. K probleme xudojestvennoy kulturi Severnoy Baktrii, T., 1966.
  15. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil